» » O‘MI: Facebook‘da muftiy Usmonxon Alimov nomidan soxta profil ochilgan

O‘MI: Facebook‘da muftiy Usmonxon Alimov nomidan soxta profil ochilgan


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov nomidan soxta profil ochilgan. Bu haqda idora matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu profil egasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi nomidan turli g‘araz maqsadlarga xizmat qiluvchi materiallarni chop etgan.

O‘MI matbuot xizmatiga ko‘ra, hozirgi vaqtda muftiy Usmonxon Alimovning hech qaysi ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy ochilgan sahifasi yoki profili mavjud emas. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisiga “Muslim.uz” saytidagi “Murojaat va mulohazalar uchun virtual qabulxona” orqali murojaat qilish mumkin. Shuningdek, shar’iy masalalardagi savollarni Telegram messenjeridagi “Din va hayotga oid savollar” nomli kanalga va “Savollar.muslim.uz” saytiga yo‘llash mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют