» » Pentagon Afg‘onistondagi AQSh harbiylari soni qisqartirilishini tasdiqladi

Pentagon Afg‘onistondagi AQSh harbiylari soni qisqartirilishini tasdiqladi


AQSh rasmiylari Afg‘onistondagi Amerika kontingentini 5 ming kishigacha kamaytirmoqchi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Fox News telekanali efirida ma’lum qildi.

“Biz noyabr oxiriga borib harbiylar sonini besh ming kishidan ham qisqartirmoqchimiz”, — degan u.

Esperning bildirishicha, Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni “ideal emas, ammo sekin-asta odimlamoqda”. Shu sababli AQSh muhim vazifalarni, birinchi navbatda terrorchilik tahdidining oldini olish vazifasini Afg‘onistonda kam sonli harbiylarni qoldirganda ham amalga oshira olishiga umid qilmoqda.

Afg‘onistondagi Amerika kontingentining qisqartirilishi haqida 4-avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ham ma’lum qilgandi. U noyabr oyida harbiylar soni 4-5 ming nafar bo‘lishini bildirgan. Hozirda Afg‘onistonda AQShning qariyb 8 ming nafar harbiy bor.

Ma’lumot uchun,  AQSh qo‘shinlari va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda 2001-yildan beri bo‘lib kelmoqda. 29-fevralda Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan, unda Amerikaning barcha qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish ko‘zda tutilgan. “Tolibon” esa o‘z navbatida boshqa terrorchilik guruh vakillarini yashirmaslik va Afg‘oniston hukumati bilan to‘liq muzokaralar olib borish majburiyatini olgan edi.

Mart oyida ushbu tinchlik bitimi doirasida AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshladi va ular soni 4,5 oy ichida 13 000 dan 8 600 ga kamaytirishi, harbiylarning mamlakatdan to‘liq chiqarilishi 14 oy ichida yakunlanishi kerakligi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют