» » Chikago aeroportida dunyodagi eng katta quyon nomiga nomzod bo‘lgan jonivor vafot etdi

Chikago aeroportida dunyodagi eng katta quyon nomiga nomzod bo‘lgan jonivor vafot etdi


Chikago aeroportida dunyodagi eng katta quyon nomiga nomzod bo‘lgan jonivor vafot etdi. Bu haqda, The Sun nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Buyuk Britaniyada tug‘ilgan Saymon laqabli quyon AQShdagi yangi xo‘jayini oldiga olib ketilayotgan edi. Jonivor yuk bo‘linmasida edi.

Quyonni parvarish qilgan Annett Edvardsning so‘zlariga qaraganda, Londondan uchib ketishdan uch soat oldin quyon to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uchishga hozir deb topilgan edi.

Dastavval quyon United Airlines aviakompaniyasining Londondan Chikagoga uchayotgan samolyoti bortida vafot etgan ma’lum qilingan edi. Biroz muddatdan so‘ng aviakompaniya vakillari quyon samolyot bortida emas, balki aeroportda, samolyot qo‘nganidan bir yarim soat o‘tib vafot etganini bildirdi. Kompaniya quyon qanday sharoitlarda saqlanganini tekshirmoqda.

Edvards United Airlines’ni sudga bermoqchi. Quyonni sotib olgan, ammo unga yetisha olmagan amerikalik xaridor ham da’vo arizasi tayyorlamoqda.

Saymonning otasi Darius dunyoning eng katta quyoni hisoblanar edi, Saymon otasidan ushbu maqomni tortib olishga hozirlanayotgan edi. 10 oyligida uning bo‘yi 90 santimetrdan oshardi. Dariusning bo‘yi esa 1,34 metrga teng.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют