» » “Atletiko” qaysi futbolchilarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi

“Atletiko” qaysi futbolchilarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi


“Atletiko” koronavirus tahlillari ijobiy chiqqan futbolchilar haqida ma’lum qildi. Avvalroq madridliklar klubida ikkita koronavirusga chalinish holati kuzatilgandi.

Ta’kidlanishicha, virus himoyachi Shime Vrsalko va yarim himoyachi Anxel Korreada aniqlangan. Har ikki futbolchida ham alomatlar kuzatilmagan. Ular izolyatsiyaga olingan. Shu bilan birga, Vrsalkoda bir necha oy muqaddam antitana hosil bo‘lgani aytilmoqda.

Qolgan barcha futbolchilar va ularning oila a’zolarida test natijalari salbiy natija bergan.

10-avgustdan “Atletiko” mashg‘ulotlarni davom ettiradi, 11-avgust kuni esa jamoa Lissabonga yo‘l oladi. Madridliklar 13-avgust kuni Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Leypsig”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют