» » Hindistonda fil bolasi 8 metrlik quduqqa tushib ketdi. Odamlar uni qutqarish chorasini topdi (video)

Hindistonda fil bolasi 8 metrlik quduqqa tushib ketdi. Odamlar uni qutqarish chorasini topdi (video)


Hindistonning Jarhand shahrida fil bolasi chuqurligi 8 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi, deb xabar beradi “Domashniy ochag”.

Quduqqa tushgan fil bolasini mahalliy aholidan biri ko‘rib qolgan. Chorasiz qolgan fil oyoqlari bilan devorga yopishib olishga harakat qilib aylanardi. U holdan toygan, ammo taslim bo‘lmasdi.

Aholi jonivorni qalin arqon bilan tortib olishga qayta-qayta urinib ko‘rdi, ammo biron natija bo‘lmadi. Shu payt kimdir quduqni suv bilan to‘ldirish va bu fil bolasini suv yuzasiga ko‘tarilishiga yordam berishini aytdi.

Tezda shlangni chuqurga tortishdi va ikki soatda quduq suvga to‘ldi. Fil bolasini qutqarish uchun, taxminan, 50 kubometr suv kerak bo‘ldi. Fil haqiqatda suz yuzasiga yaqinlashdi. Voqea joyiga ekskavator ham yordamga keldi. Guvohlardan biri bu holatni videoga olishga ham ulgurdi:

Bir necha soatdan keyin fil bolasi ozod bo‘ldi. Aholi charchagan yovvoyi hayvonning qochib ketishi uchun yo‘l ochib, turli tomonga yugurdi.

Yaxshiki, hech kim jabrlanmadi. Fil bolasi hech kimga hujum qilishni o‘ylamadi. U qo‘yib yuborilganidan xursand edi va podasidagi uchta filga qo‘shilishga shoshildi. Birozdan so‘ng oila savanna bo‘ylab harakatlanishda davom etdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют