» » Daniel Kormye: Habib MMA’dagi faoliyatini yengilmas jangchi sifatida yakunlashiga ishonaman

Daniel Kormye: Habib MMA’dagi faoliyatini yengilmas jangchi sifatida yakunlashiga ishonaman


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniel Kormye yengil divizion chempioni Habib Nurmagomedovning Jastin Getjiga qarshi kechadigan jangi haqida fikr bildirdi.

Jastin nima sababdan Habib uchun eng xavfli raqib ekani borasida jiddiy sabablar bor. Birinchisi kurashdan himoyalana olish qobiliyati. U yuqori saviyali kurashchi. Bilaman, Jastin odamlar xohlaganidek hujumga o‘tishda bu iqtidoridan foydalanmaydi, ammo u yuqori saviyali kurashchi.

Uning boksi va zarba salohiyati yaxshi. Fantastik jismoniy holat va mustahkam jag‘. Bu Habib uchun juda qiyin bellashuv bo‘ladi.

Shu bilan birga Habib Nurmagomedovni ushbu sport tarixida uzoq muddat ustunlikni saqlab qolgan jangchi deb hisoblayman. Bu sovrin uchun da’vogarlar borligini bilaman, biroq hech qaysi yakkakurashchi Habib kabi jangchi sayrda yurgan kabi xotirjam o‘tkaza olmaydi.

U sportni yengilmas maqomida tark etishiga ishonaman va bu ishni tez orada qilishiga ham aminman. 28-0, unda birorta ham xato yo‘q. UFC’da — 12-0.

Daniel Kormye, UFC jangchisi

Habin va Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni UFC 254 musobaqasida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Habib Getji va Sent-Pyer bilan jang qilib, faoliyatini 30-0 statiskasi bilan yakunlashni istayotgani va bu marhum otasining orzusi ekani xabar qilingandi.

Habib Nurmagomedov va Jastin Jetji ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (ko‘rish)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют