» » O‘zbekistondagi Coca-Cola’ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qo‘yildi

O‘zbekistondagi Coca-Cola’ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qo‘yildi


O‘zbekistondagi eng yirik yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi 57,118 foiz ulush “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga, 42,882 foizi esa The Coca-Cola Export Corporation (AQSh) kompaniyasiga tegishli. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. MChJni auksion asosida xususiylashtirish ishlari boshlangan bo‘lib, ommaviy savdoga nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalari ham jalb etilmoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tadbirkorlar uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

“Shu qulayliklar asnosida mahalliy tadbirkorlarimiz ham Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. MChJning davlat ulushini sotib olishga da’vogarlik qilishsa, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lar edi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston hukumati Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. MChJ QKdagi ulushini xorijiy investorga sotmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bitimda vositachi sifatida ishtirok etishi kerak edi. Biroq keyinroq mamlakat hukumatining ustuvor rejalari o‘zgargani sabab jarayon to‘xtab qolgan edi. 2020-yilning mart oyida esa Coca-Cola O‘zbekistonga 31 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirilayotgani, iyun oxirlarida esa Coca-Cola kompaniyasi ommaviy savdolar asosida xususiylashtirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют