» » O‘zbekistonda Coca-Cola korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda Coca-Cola korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda


Moliya vazirligida Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki, The Coca-Cola Company (AQSH) va Coca-Cola ??ecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Uchrashuvda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” korxonasiga strategik hamkorni taklif qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu masalani hal qilishda Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki yordam ko‘rsatishi mumkin.

Ayni paytda korxonaning 57,1 foiz aksiyasi “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga, 42,9 foizi esa The Coca-Cola Export Corporation korporatsiyasiga tegishli.

Ma’lumot uchun, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” qo‘shma korxonasi 1993-yilda tashkil qilingan. Bugungi kunda kompaniyaning O‘zbekistonda 3 ta: Toshkent, Namangan va Urganchda zavodlari bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют