» » Nomi ulug, suprasi quruq. Oynamasdan millionlab yevro topayotgan 10 nafar taniqli futbolchi haqida

Nomi ulug, suprasi quruq. Oynamasdan millionlab yevro topayotgan 10 nafar taniqli futbolchi haqida


Yevropaning eng kuchli chempionatlari yakunlanib, goliblar aniqlandi. Shu bilan birga kohna qitaning deyarli har bir yetakchi klubida juda katta maosh oladigan va kamdan kam hollarda maydonda paydo boladigan futbolchilar bor. Ular esa oz navbatida jamoalari uchun juda qimmatga tushadi, ayniqsa, dunyoda pandemiya hukm surib turgan vaqtda. Albatta, klublar bunday futbolchilardan qutilishni istaydi. Biroq ularni sotib olishga qurbi yetadigan jamoani topish muammo bolib qolmoqda. Quyida ana shunday nomi ulug, lekin turli sabablarga kora, murabbiyning ishonchidan chiqqan futbolchilar togrisida soz boradi.

AlfonsAreola (PSJ, Realda ijarada)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 245 ming yevro

2019-yilning yozida fransiyalik darvozabonTiboKurtuagaorinbosar sifatida Realgaijaraga olib kelingandi. Areola otgan mavsumda klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 9 ta oyin otkazib, oz darvozasidan 11 gol otkazib yubordi.Alfonsningmaoshi zaxira darvozaboni uchun juda katta hisoblanadi. Uning yillik maoshi 2,7 million yevroga teng. Shu boisZidankatta ehtimol bilan kelasi mavsumda uni Parijga qaytarib yuboradi. Uning ornini esa (zaxira darvozaboni) ikki baravar kam maosh oladiganAndreyLuninegallaydi.

SedrikSoaresh(Sauthempton, Arsenalda ijarada)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 370 ming yevro

ArsenalSedrikniotgan qishda Sauthemptondanijaraga oldi. Portugaliyalik futbolchi Londonga tizzasidagi jarohat bilan keldi, undan forig bolishi bilan esa mashgulotlarda burnini sindirib oldi. 2019/20-yilgi mavsumdaSedrik5 ta oyin otkazib, 1 ta gol urdi. Surunkali jarohatlariga qaramay,ArtetagaSuareshningoyini maqul keldi va unga doimiy asosda uzoq muddatli shartnomani taklif qilmoqchi.

TiloKerer(PSJ)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 380 ming yevro

PSJKererni2018-yilning yozida Shalke-04dan37 million yevroga sotib olgandi. Fransiyadagi dastlabki mavsumida futbolchi boshlangich tarkibida tez-tez korinib turdi, biroq keyingi yilning boshida tizzasini jarohatlab oldi va olti oy muddatga safdan chiqdi. 2020-yilning boshidan buyon germaniyalik futbolchi 16 ta oyin otkazib, bitta gol urishga ham muvaffaq bolgandi. Biroq koronavirus tufayli Fransiya chempionati muddatidan oldin tugatildi. Agar hammasi boshqacha bolganida, balkiTomasTuxelunga koproq imkoniyat berarmidi?

FilJons(ManchesterYunayted)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 650 ming yevro

Ortda qolgan mavsumda angliyalik futbolchi ha deganda ManchesterYunaytedningboshlangich tarkibidan joy olavermadi.Sulsheruni zaxirada qoldirishni, bazida esa umuman oyin qaydnomasiga ham kiritmaslikni afzal kordi. Fil barcha musobaqalarda atigi 8 oyinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi. Iyul oyi ortalarida esaJonsningushbu yozda sotib yuborilishi haqida xabarlar tarqaldi. Hozirda futbolchining transfer narxi yetti million yevro atrofida baholanmoqda.

MarkosRoxo(ManchesterYunayted, Estudiantesda ijarada)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 550 ming yevro

Roxobu mavsumda tolaligichaSulsherningishonchini yoqotdi. Norvegiyalik mutaxassis aksariyat hollardaRoxoniqaydnomaga ham kiritmadi, qishda esa uni ozining qadrdon klubi Estudiantesgaijaraga berib yubordi. Janubiy Amerikaga ketishidan oldinMarkosManchesterYunaytedda uchun bor-yogi 9 ta oyin otkazgandi. Argentinada ham uning ishlari yurishmadi, u yerga borishi bilan jarohat orttirib oldi, Argentina chempionati esa koronavirus tufayli toxtatib qoyildi. Futbolchining vakillari yozda uning ManchesterYunaytednitark etish ehtimoli yuqori ekanligini takidlamoqda.

DenniDrinkuoter(Chelsi, Byornli va AstonVillada ijarada)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 1,2 million yevro

DrinkuoterertaknamoLester bilan Angliya chempioni bolgach, Chelsi uni NgoloKantedanham qimmatroqqa sotib oladi 38 million yevro. AmmoDenniLondon klubiga moslasha olmadi. Uch mavsum davomida u koklar safida atigi 23 ta oyin otkazib, bitta gol urdi. 30 yoshli futbolchi ushbu mavsumning birinchi yarmini Byornlida otkazdi, u yerda ham omadsizlikka uchradi. Shu yilning boshidan esa AstonVillada harakat qilmoqda. Afsuski, Birmingem klubiga ham unga mos kelmayapti samarali harakatlarsiz bor-yogi tortta oyin.FrenkLempardfutbolchiga ishonmaydi va bu yozda undan qutulishga harakat qilib koradi.

YulianDraksler

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 550 ming yevro

DrakslerGermaniyaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri deb hisoblanardi. Yevropaning eng nomdor klublari uni oz safida korishni xohladi, biroqDrakslerPSJ va yiliga 10,2 million yevro maoshni tanladi. U ikki yil ichida Parij klubida 93 ta oyin otkazdi.TomasTuxelkelgach esa asosiy tarkibdan tushib qoldi. Bunga qisman bolsa-da, mavsum boshida tizzasidan olgan jarohati ham sabab boldi. 2019/20-yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 19 ta uchrashuv otkazib, biror marta ham raqiblar darvozasini ishgol eta olmadi.

MesutOzil(Arsenal)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 800 ming yevro

Germaniyalik yarim himoyachi faoliyatidagi eng yomon mavsumlardan birini otkazdi: barcha musobaqalarda 23 ta oyin, 1 ta gol va 3 taassist. Iyun oyi ortalarida Angliya chempionati tiklanganidan song esa bitta ham oyinda maydonga tushmadi. Ozil AngliyaPremyerLigasining eng kop maosh oladigan futbolchilaridan biri hisoblanadi. Hozircha u Arsenaldanketishni xohlamayapti va shartnomasini oxiriga yetkazib qoyish niyatida.Bildnashrining xabariga kora, Ozil Fenerbahcheningtaklifini rad etib,ArtetegaLondonda qolish istagi borligini bildirib qoygan.

Mavzuga doir:Stol tennisi tufayli futboldan voz kechishiga bir baxya qolgani, oz otasi bilan sudlashuv, irqchilik sabab Germaniya termasidan ketgani haqida Mesut Ozil intervyusi

LukaYovich(Real)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 1 million yevro

Yakuniga yetgan mavsumda yanada oyini ochilishi kutilgan yana bir futbolchiLukaYovich53 million funt evaziga Real safiga qoshilgandi. Madridliklar serbiyalik hujumchining zudlik bilan ozini korsatishini va gollar urishni boshlashini kutgandi. Biroq KarimBenzemaasosiy tarkibdagi joyini osonlikcha serbiyalikka berib qoyishni xohlamadi. Natijada 22 yoshliYovich53 million yevro evazigaLaLigada 17 oyin otkazib, 2 ta gol va 1 tagolli uzatmaga mualliflik qildi, xolos.Marcagakora, madridliklar ushbu yozdaYovichnisotishni rejalashtirmoqda.

GaretBeyl(Real)

Mavsumdagi har bir oyin ortacha 1,4 million yevro

Beylnafaqat ispan jurnalistlari, balki Real muxlislari bilan ham munosabatlarini yomonlashtirishga ulgurdi. 31 yoshli futbolchi 2019/20-yilgi mavsumni mutlaqo samarasiz otkazdi: barcha musobaqalarda 20 uchrashuv, 3 ta gol va 2 taassist. Madrid klubi uelslik golf ustasini(Beylningozi golfni futboldan-da yaxshi korishini aytgan) sotishdan xursand bolardi, ammoGaretningozi jamoada qolmoqchi va shartnomasini tugatib qoymoqchi. Buni futbolchining agentiJonatanBarnettham tasdiqladi vaZidannimijoziga kam imkoniyat berayotganlikda aybladi. AgarBeylshartnomasining oxirigacha Madridda qolsa, qirollik klubi ikki yil ichida yaxshigina mablag yoqotadi.

Mavzuga doir:Realning bosh ogrigi Garet Beyl haqida

Boshqa maqolalar:



Manba: Daryo.uz
: admin (11-08-2020, 00:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -