» » Kurtuaga raqobatda yutqazgan Keylor Navas “Real”dan ketmaydigan bo‘ldi

Kurtuaga raqobatda yutqazgan Keylor Navas “Real”dan ketmaydigan bo‘ldi


Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas qishki transferlar vaqtida klubdan ketmaydi, deya xabar beradi Marca nashri.

Kosta-Rikalik 32 yoshli darvozabon asosiy tarkib uchun kurashda Tibo Kurtuaga mag‘lub bo‘ldi va joriy mavsum barcha turnirlarda faqatgina 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Navas Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmagan SSKA (0:3) bilan uchrashuvda maydonga tushirilmaganidan norozi, biroq u yozgi transferda yakuniy qaror qabul qiladigan bo‘ldi.

Yanvarda u bir necha sabablarga ko‘ra ketishni istamayapti. Fevral oyida Navas yana otalik baxtiga muyassar bo‘ladi. Uning oilasi esa 2014 yildan beri yashab kelayotgan Madriddan ketishni xohlamayapti.

Bundan tashqari Navasga “Real”da bo‘lgani kabi, 5 million evroga teng bo‘lgan maosh va jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lishdek taklif bilan chiqqan top-klublar yo‘q. “Real” ham Navasni qo‘yib yubormoqchi emas. Mavsum yakuniga qadar hech qanday favqulodda holat yuz bermasa, faqat Ispaniya Kubogida o‘ynash sharti bilan uni klubda olib qoladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют