» » FIFA yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishga 3 nafar nomzodni e’lon qildi

FIFA yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishga 3 nafar nomzodni e’lon qildi


FIFA tashkiloti yilning eng yaxshi darvozaboniga topshiriladigan sovrin uchun 3 nafar asosiy nomzod nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra “Real Madrid” hamda Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua, “Tottenhem” va Fransiya terma jamoasi a’zosi Ugo Lyoris, “Lester” hamda Daniya termasi golkiperi o‘z pozitsiyasida yilning eng yaxshisi bo‘lish uchun kurash olib boradi. Mazkur nomzodlar muxlislar va mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar orqali tanlab olingan.

Qizig‘i sovrin uchun nomzodlar qatoriga “Real Madrid” jamoasining ketma-ket 3 marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shgan Kosta-rikalik darvozabon Keylor Navas o‘rin olmagan.

G‘olib joriy yilning 24-sentabr sanasida FIFA tomonidan o‘tkaziladigan marosimda ma’lum qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют