» » FIFA mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga 3 nafar nomzodni e’lon qildi

FIFA mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga 3 nafar nomzodni e’lon qildi


FIFA tashkiloti yilning eng yaxshi murabbiyiga topshiriladigan sovrin uchun 3 nafar asosiy nomzod nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra Fransiya terma jamoasini JCh—2018 da g‘olib chiqishini ta’minlagan Dide Desham, Xorvatiyani mundial finalga qadar boshlab borgan Zlatko Dalich hamda “Real Madrid”ning ketma-ket 3 marta Chempionlar Ligasidagi g‘alabasini ta’minlagan endilikda klubning sobiq bosh ustozi Zinedin Zidan yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun kurash olib boradi.

Mazkur nomzodlar muxlislar va mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar orqali tanlab olingan.

Sovringa esa Massimiliano Allegri (“Yuventus”), Stanislav Cherchesov (Rossiya terma jamoasi), Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”), Yurgen Klopp (“Liverpul”), Roberto Martines (Belgiya terma jamoasi), Diyego Simeone (“Atletiko”), Garet Sautgeyt (Angliya terma jamoasi) va Ernesto Valvyerde (“Barselona”) kabi murabbiylar da’vogarlik qilayotgan edi. Ammo ular kuchli uchlikka kirish uchun yetarlicha ovoz to‘play olmagan.

G‘olib joriy yilning 24-sentabr sanasida FIFA tomonidan o‘tkaziladigan marosimda ma’lum qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют