» » “Manchester Yunayted” qo‘shimcha bo‘limlardagi gol evaziga Yevropa Ligasi yarim finali yo‘llanmasiga ega chiqdi

“Manchester Yunayted” qo‘shimcha bo‘limlardagi gol evaziga Yevropa Ligasi yarim finali yo‘llanmasiga ega chiqdi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi chorak finalida “Manchester Yunayted” 10-avgust, dushanba kuni “Kopengagen” bilan o‘ynadi.

Uchrashuv kutilganidek inglizlarning hujumlari bilan boshlandi. Tanaffusga qadar “qizil iblislar” bir bor raqib darvozasiga yo‘l topishga ham muvaffaq bo‘ldi, biroq gol ofsayd sabab videotakrorlardan so‘ng bekor qilindi.

Ikkinchi bo‘limda daniyalik futbolchilarda ham bir qancha imkoniyatlar bo‘ldi, taymning ikkinchi yarmida “Manchester Yunayted” futbolchilari bosimni oshirdi. Ammo hisob uchrashuv yakuniga qadar o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlar tayinlandi.

Uchinchi bo‘lim debyutida mankunianlar penalti ishlab oldi. Uni Brunu Fernandesh aniq bajarib, hisobni ochdi. Qolgan vaqtda “Yunayted”da yani bir nechta golli vaziyatlar bo‘ldi, ammo “Kopengagen” darvozabonining qator seyvlari gollardan qutqarib qoldi.

Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi va yarim finalda “Vulverhempton” — “Sevilya” uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Yevropa Ligasi

Chorak final bahsi

10-avgust, dushanba

Gol: 1:0 – 95, penalti Brunu Fernandesh.

“Manchester Yunayted”: Romero, Bayi (Lindelyof, 71), Uan-Bissaka, Maguayr, Uilyams, Pogba, Brunu Fernandesh, Fred (Matich, 70), Marsyal, Grinvud (Mata, 90), Reshford (Lingard, 113).

“Kopengagen”: Yunsson, Boylesen (Bengtsson, 15), Nelsson, Varela (Bartolets, 105), Belland, Pep Mas (Ovyedo, 58), Stage (Mudrajiya, 105), Zeka, Falk (Vik, 111), Vind, Daramyu (Kaufmann, 57).

Ogohlantirishlar: Maguayr (62), Bayi (63), Kaufmann (75), Stage (77), Zeka (105).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 02:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют