» » Xitoy va Yevropa hamkorlikda “oy qishlog‘i”ni yaratish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Xitoy va Yevropa hamkorlikda “oy qishlog‘i”ni yaratish bo‘yicha muzokara olib bormoqda


Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) bosh kotibi Tyan Yulun Pekin Yevropa kosmik agentligi (ESA) bilan “oy qishlog‘i” qurilishi borasida muzokaralar olib borayotgan haqida gapirib berdi. Bu haqda, XXRning People’s Daily hukumat nashriga asoslanib, “RBK” yozmoqda.

Mazkur axborotni Yevropa kosmik agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Pal Xvistendal tasdiqladi.

“Xitoyliklarda juda istiqbolli oy dasturi bor. Fazo 1960-yillardagi kosmik poygadan so‘ng ancha o‘zgardi. Biz fazoni tinchlik yo‘lida o‘zlashtirish uchun xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yayotganimizni tushunamiz”, — uning so‘zlarini keltiradi Bloomberg.

Yevropa agentligi bosh direktori Iogann-Ditrix Verner “oy qishlog‘i” kelajakda Marsga missiyalar yo‘llash uchun maydonchaga aylanadi deb hisoblaydi. Shuningdek, u kosmik turizmni rivojlantirish hamda Oydan foydali qazilmalar olishda yordam beradi.

Loyiha qachon amalga oshirilishi hozircha ma’lum emas.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют