» » Bola asrab olgan Bollivud aktrisalari (foto)

Bola asrab olgan Bollivud aktrisalari (foto)


Bolaning begonasi bolmaydi deyishadi. Aksariyat hind aktrisalari oz farzandi bolsa-da, bola asrab olishga qaror qiladi.

Ravina Tandon

90-yillarning mashhur aktrisasi Ravina Tandon ota-onasiz qolgan amakivachchasining Puju va Chayya ismli qizlarini asrab olgan. Osha paytda aktrisaning yoshi 21, qizlar esa 11 va 8 yoshda edi. 2004-yil fevral oyida aktrisa Anil Tadani bilan turmush qurdi va ularning Rashu ismli qizi va Ranbir ismli ogli dunyoga keldi. Ravinaning ikki katta qizi Puja va Chayya voyaga yetib, oila qurgan. Ravina 39 yoshga kirganda buvi boldi asrab olgan katta qizi Puja Jeydonni dunyoga keltirdi. 2019-yilda esa aktrisaning ikkinchi nabirasi Rudru tugildi.

Sushmita Sen

1994-yil Koinot gozali sovrindori bolgan mashhur aktrisa yolgiz ona. Shuningdek, Zee Cine Award, IIFA Award, Filmfare Award, Rajiv Gandhi Awardva boshqa koplab mukofotlar egasi ikki qiz Rene va Alisani tarbiyasiga olgan. Aktrisa 24 yoshida ona bolganini eng dono qaror, deb biladi. Qizaloq Reneni 2000-yilda asrab olgan. Hozir u 20 yoshda. Alisani 10 yoshligida, 2010-yil qiz qilib oldi. Hindistonda qonunga kora, bir jinsdagi bittadan ortiq bolani asrab olish mumkin emas. Ammo Sushmita oxirigacha kurashdi, sud, hokimiyat idoralarini bosib otdi va golib boldi. U qizlarni uzoq vaqt yolgiz tarbiyaladi, lekin bir necha oy avval ozining ikkinchi yarmi Rohmanni uchratdi va bolalarni birgalikda tarbiya qilyapti.

Priti Zinta

Priti Zinta bir emas, ikki emas, naqd 34 qizning onasi. Aktrisa 2009-yildan buyon Rishikesheda joylashgan Ona mojiza maktabini qollab-quvvatlab keladi. Ushbu maktabda aholining kam taminlangan qatlamlarining muhtoj bolalari tahsil oladi. Priti qizlarning ovqatlanishi, oqishi va tarbiyasi uchun barcha xarajatlarni boyniga olgan. Aktrisa qizlari haqida: Biz bir joyga yigilganimizda qanday ajoyib tuygu paydo bolishini siz tasavvur etolmaysiz, deydi. Aktrisa turmushga chiqib, AQShda yashayotgan bolsa-da, maktabga yordam berishda davom etyapti.

Sanni Leone

2017-yil aktrisa Sanni Leone va turmush ortogi Daniyel Ueber bilan Nisha ismli ikki yashar qizni asrab oldi. Oradan bir yil otib, uning egizak Noy va Asher ogillarini surrogat ona dunyoga keltirdi. Shunday qilib, Sanni bir yilda uch farzandning onasi boldi. Ular farzandlarini juda ham yaxshi koradi va Instagram orqali ularning rasmini bolishadi.

Shobxana

Bxaratanatyam raqqosasi va Malayalam aktrisasi 2010-yil olti oylik bolani asrab oldi. Asrab olish marosimi Krishnan ibodatxonasida bolib otgan.

Nilam Kotxari

Ozining ajoyib filmlari bilan koplab tomoshabinlar qalbini zabt etgan Nilam Kotxari ancha oldin kinodan voz kechgan va dizaynerga aylangandi. Hozirda esa ona rolini ijro etyapti. Nilam aktyor Samir Soniga turmushga chiqdi, ammo juftlik farzand kormadi. Ular 2013-yil Axana ismli qizni asrab olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (11-08-2020, 09:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -