» » Yangi Zelandiyalik erkak rasmiy ravishda sehrgar bo‘lib ishlaydi va 10 ming dollar haq oladi

Yangi Zelandiyalik erkak rasmiy ravishda sehrgar bo‘lib ishlaydi va 10 ming dollar haq oladi


Yangi Zelandiyaning Krayscherch shahrida yashovchi Ian Brekenberi Chennel rasman sehrgar lavozimida faoliyat yuritadi. U bu vazifada 20 yildan buyon ishlaydi va yiliga 10 400 AQSh dollari maosh oladi, deb xabar beradi CNN.

Chennel sehrgar bo‘lguniga qadar o‘qituvchi vazifasida ishlagan, ammo sehrgarlikka bo‘lgan ishtiyoqi tufayli u yerda uzoq qolmadi. Eng qizig‘i, Channel ajrashishga qaror qilgan turmush o‘rtog‘ini sehr-jodu bilan to‘xtata olmagan. Shundan so‘ng u uzun libos va shlyapa kiyib, qo‘lida hassa bilan ko‘chalarda gapirib yura boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay shahar aholisi unga o‘rganib qoladi va uni “sehrgar” deb ataydi.

Xabarda aytilishicha, 1988-yil mamalakatda yuz bergan qattiq qurg‘oqchilikda sehrgar yomg‘irni raqs marosimi yordamida chaqiradi. Shundan so‘ng uni “Jonli san’at asari” deb nomlashgan.

90-yillarning boshidan u rasmiy ravishda Yangi Zelandiya, Antarktika va yana bir necha joylarda sehrgar bo‘lib ishlay boshladi. U yiliga 10 ming AQSh dollariga ega bo‘ladi.

Mahalliy hokimiyatning ta’kidlashicha, 87 yoshli sehrgarning vazifasi mahalliy tadbirlar va turizmni rivojlantirishga yordam berish, shuningdek, hurmatli shaxslar va delegatsiyani kutib olishdan iborat. 2009-yil sehrgar Yangi Zelandiyaning eng oliy  mukofoti – “Qirolicha xizmati” unvoniga sazovor bo‘ldi.

“Men bunga ishonolmayman, qachonlardir bunday bo‘ladi deb o‘ylmagandim”, – deydi Ien Brekenberi Chennel.

Mavzuga doir: Shvetsiyada “orzudagi ish o‘rni” paydo bo‘ldi: Oylik beriladi, lekin ishlash kerak emas



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют