» » Yahoo’ning yangi bosh direktori yiliga 2 mln dollar maosh oladi

Yahoo’ning yangi bosh direktori yiliga 2 mln dollar maosh oladi


Amerikaning Yahoo kompaniyasi yangi bosh direktori 52 yoshli Tomas Makinerni yiliga 2 million dollar maosh oladi, deya xabar bermoqda “TASS”. U uchun belgilangan maosh ushbu postda undan oldin ishlab, xakerlik hujumlari haqidagi axborot fosh bo‘lishi bilan bog‘liq inqirozni hal etishni eplay olmagan Marissa Mayerning maoshidan ikki karra ziyodroqdir.

Avvalroq xabar berilganidek, direktorlar kengashi Mayerni yil yakunlari bo‘yicha mukofot pulidan mahrum etishga qaror qilgan edi. Ammo NBC ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq bosh direktorga shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun 23 million dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanadi, shuningdek, Yahoo’ning 57 million dollarlik qimmatbaho qog‘ozlarini olish imkoniyati taqdim etiladi.

Mayerning o‘zi Altaba deb qayta nomlanadigan kompaniyani tark etmayapti, u Yahoo’ning Alibaba Group Holdings’dagi ulushini nazorat qiluvchi kichik sho‘ba korxonasiga rahbarlik qiladi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют