» » Samsung AQSh iqtisodiyotiga 300 mln dollar investitsiya kiritishi mumkin

Samsung AQSh iqtisodiyotiga 300 mln dollar investitsiya kiritishi mumkin


Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi Amerika iqtisodiyotiga kamida 300 million dollar investitsiya kiritib, AQShdagi o‘z ishlab chiqarishini kengaytirish niyatida. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Uning manbalari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung’ning rejalari natijasida AQShda kamida 500 ta yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishi mumkin, ammo kelajakda ushbu raqam qo‘shimcha investitsiyalar oqimi bilan birga o‘sishi kutilmoqda. Bunda gap asosan maishiy texnika korxonalarini yaratish haqida bormoqda. Janubiy Koreya kompaniyasi vakillari yangi yig‘ish korxonasi joylashadigan joyni tanlashdan oldin Amerikaning bir nechta shtatlari hukumatlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Nashr ta’kidlashicha, Samsung’ning AQShdagi ishlab chiqarishni o‘stirishga nisbatan qiziqishi oshishiga Donald Trampning mamlakat prezidenti etib saylanishi sababchidir. O‘z saylovoldi kampaniyasi chog‘ida u Amerika iqtisodiyotidagi ish o‘rinlarini sezilarli ravishda ko‘paytirish niyati haqida bir necha bora aytib o‘tgan.

Samsung shunday rejalari borligini tasdiqladi, ammo ular dastlabki muhokama bosqichida ekanligiga aniqlik kiritdi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют