» » Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi

Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi


OAV Samsung Electronics’ning ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini rivojlanayotgan bozorlarda sotish rejalaridan xabar topdi, deb yozadi 3DNews. Qaytarib olingan qurilmalarning akkumulyatorlari almashtiriladi, smartfonlarning yonib ketish hollariga aynan ular sababchi bo‘lgan edi.

Janubiy Koreyaning Hankyung nashri ma’lum qilishicha, smartfonlarning qaytarib olinishi natijasida kompaniyaga yetgan zararni minimallashtirish va elektronikaning katta partiyasini tabiatga zarar yetkazmagan holda utilizatsiya qilishga katta mablag‘ xarjlashdan qochish uchun 2017-yil iyunida Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7’larni sotishni boshlaydi.

Ta’mirlangan telefonlarda yangi batareyalar paydo bo‘ladi, ularning sig‘imi 3000 dan 3200 mA/soatgacha bo‘ladi (“yonuvchan” akkumulyatorlar sig‘imi 3500 mA/soat edi). Korpuslar ham almashtiriladi, qolgan butlovchi qismlar o‘z holicha qoladi.

Qurilmalar may oyida ta’mirlash jarayonidan o‘tadi, shundan so‘ng asosan Hindiston, Vyetnam va boshqa rivojlanayotgan mintaqalarga yuboriladi. Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7’larni Galaxy Note 8 chiqishidan oldin Janubiy Koreyada ham chiqarishi mumkin.

Samsung jahon bozoriga 3 millionta nuqsonli Galaxy Note 7 smartfonlarini yetkazib berdi, ularning katta qismi (98 foizga yaqini) kompaniyaga qaytarildi. Taxminan 200 mingta qurilma ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘z-o‘zidan yonib ketish sabablarini o‘rganish uchun foydalanildi, 2,5 millionta qurilma esa kutish rejimida qoldi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют