» » Janubiy Koreyada Samsung Galaxy Note 7 alangalanish sabablarini tasdiqlashdi

Janubiy Koreyada Samsung Galaxy Note 7 alangalanish sabablarini tasdiqlashdi


Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarining alangalanishiga mobil qurilmalar akkumulyatoridagi nosozlik sabab bo‘lganligini tasdiqladi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Alangalanish sababi katta ehtimol bilan batareyalardagi muammoda ekanligi aniqlandi. Biroq smartfonlarning o‘zida hech qanday g‘ayrioddiylikni aniqlamadik”, — deyiladi vazirlik relizida.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, akkumulyator qurilmalariga o‘rnatilgan elektrodlar shikastlangan bo‘lib, ba’zi smartfonlar batareyalariga esa izolyatsiya materiallari yetishmagan.

Ikki hafta avval Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlaridagi muammo akkumulyatorlarni loyihalash va qurilmani yig‘ish texnologik jarayonidagi nosozliklar ekanligini ma’lum qilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют