» » Farg‘onada garov o‘ynab, Nexia’ga 3 tonna sement ortgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

Farg‘onada garov o‘ynab, Nexia’ga 3 tonna sement ortgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)


IIV YHXBB matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nexia rusumli avtomobilga 3 tonna sement ortgan haydovchiga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6-avgust, payshanba kuni marg‘ilonlik fuqaro garov o‘ynab, o‘zining Nexia rusumli mashinasiga 3 tonna sement yuklagan holda “Qashqar” mahallasi bo‘ylab harakatlangan.

Ta’kidlanishicha, avtomashinaning yuk ko‘tarish imkoniyatidan bir necha barobar ortiqcha bosim uning tayanchlarini kutilmagan darz ketishiga sabab bo‘lib, haydovchi hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin edi.

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 160-bandida ko‘rsatilgan talablarni, ya’ni avtomashinada yuk tashish qoidalarini buzganligi uchun tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют