» » Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga chalinganini malum qildi

Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga chalinganini malum qildi


Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani, kasalxonada davolangani va ayni vaqtda uy sharoitida reabilitatsiyada ekani haqida Telegramdagi kanalida post qoldirdi.

Sherzod Shermatov koronavirusga chalingani malum qilingan Ozbekistondagi birinchi vazir bolib turibdi.

Shermatov Telegram-kanalidagi postida kasallikning qanday kechgani haqida yozgan, odamlarga infeksiyani yengishdagi oz shaxsiy tavsiyalarini berib otgan.

Afsuski, sanitariya qoidalariga qanchalik rioya qilmay, baribir ushbu virusni yuqtirib oldim. Yaxshi niyat qilib, yangi oquv yilini ananaviy shaklda otkazishga tayyorgarlik korish boyicha anchagina maktablarda tamirlash ishlari ketayotgani uchun, ularni imkon boricha ozim borib korayotgandim, balki osha yerda yuqtirib oldim, shekilli.

Boshidanoq tana haroratim kotarilib, umumiy ahvolim yomonlashdi. Ertasidan lohaslik, saldan keyin hid bilish va tam bilish ham yoqoldi.

Birinchi hafta shifokor maslahati bilan uyda davolanishga harakat qildim, yengilroq otsa, balki shifoxonaga hojat bolmas degan niyatim bor edi.

Lekin bir haftadan keyin, tana harorati yana kotarilib ketganiga, shifokorlar shifoxona sharoitida davolanishga otish kerakligini takidlashdi. Osha kezlari Semashko sanatoriyasi koronavirusni davolashga ixtisoslashtirilgan ekan, osha yerda davolanishga togri keldi.

Shifokor tavsiyasiga kora dorilardan boshidan D3,C kabi vitaminlarni qabul qila boshladim. Keyinroq isitma tushavermagach qoshimcha antibiotiklar qollashni boshlashdi. Saturatsiya tushib ketganda, muolaja davomida deksametazondan ukol qilib, nafasni ochishga yordam berishdi.

Qonni suyultiradigan dori va tabletkalar ham juda muhim ekan. Chunki bu kasallikda inson organizmida qon quyilishi va shu orqali yurak qon aylanish va opkaga salbiy tasiri bolishi mumkinligi haqida ham bilib oldim.

Boshidan otgan tabib deganlaridek, kimdir ozida shunday holatlarni sezsa bazi maslahatlar ularga foydali bolsa kerak deb yozayapman.

Birinchidan, vahima qilmaslik. Vahima har qanday kasalni yanada kuchayishiga, odamni asabiylashishiga va atrofda unga yordam berayotganlarni qiynalishiga sabab boladi.

Ikkinchidan, yaxshi niyat qilish. Internetda juda negativ kop, lekin kasal paytingizda eng asosiysi yaxshi niyat qilib ozingiz birinchi navbatda tuzalishga harakat qilsangiz, tezroq tuzalib ketasiz.

Uchinchidan, yaxshilik qilish.Sadaqa raddi balo deyilgandek, qanchalik yaqinlarga va muhtojlarga yordam berilsa, shunchalik odam ozini yengilroq his qiladi.

Oxirgisi va eng asosiysi: shifokorlar ishini qadrlash. Shuncha qiyinchiliklarda eng asosiy yuk shifokorlarga bolayapti. Shunday ekan hozirgi davrda sogligingiz tufayli shifoxonaga tushib qolsangiz, sizni davolaydigan shifokormi, hamshirami yoki boshqa tibbiy xodim boladimi, siz ham oz navbatida ularga yaxshi gapirib, konglini kotarib turishni maslahat beraman. Ular ham juda charchashayapti, ayniqsa shu issiqda sanitariya qoidalariga rioya qilib hammasi maxsus kiyimda yurishi oson emasligini korishingiz mumkin.

Fursatdan foydalanib, barcha shifokorlarga minnatdorchilik bildirib otmoqchiman!

Sherzod Shermatov, Xalq talimi vaziri

Shuningdek, vazir telefon orqali sogligi haqida qaygurgan, ruhiy komak, dalda bergan insonlarga minnatdorlik izhor qilgan.

Kasal bolganimni eshitgan barcha yaqinlarim, dostlarim, qarindosh-uruglarimdan doimiy ravishda duo va yaxshi sozlar bolib turgani ham juda katta dalda boldi.

Hatto Davlatimiz rahbari ozlari shaxsan ahvolimni surishtirib turganlarini eshitib, boshim osmonga yetdi. Shunday odamgarchiligi yuqori bolgan insonning komandasida ekanligimdan gururlandim. Ustozim ham bir necha bor telefon orqali hol ahvol sorab, konglimni kotarganlari ham katta madad boldi, deb yozadi Shermatov.

Prezident Administratsiyasi rahbariyati, Vazirlar Mahkamasidagi Kompleksimiz rahbari tomonidan ham ahvolimni sorab turishgani kuch bagishladi. Shunday vaqtda ish boyicha munosabatlar emas, balki haqiqiy insoniylik qadriyatlarining muhimligi juda bilinar ekan.

Ota-onamning har kungi duolari, barcha qarindoshlarning ozaro birlashib, ozlari pishirgan taomlardan ilinib yuborib turishganining ham katta foydasi tegdi. Ayniqsa, qarindoshlar tayyor boqayotgan tovugini olib, soyib, tovuq shorva pishirib yuborib turishgani tezroq tuzalishimga foyda boldi.

Kopchilik yaqinlarim qatori, Sport federatsiyasidagilar ham Xitoy dorisidan darrov yetkazishdi, rahmat baraka topishsin. Bunday etibordan juda xursand boldim.

Men ozimni juda boy inson deb hisoblardim, chunki ham ota-onam, ham qaynona-qaynotam hayot bolib, doim duo qilib turishgandi. Afsuski, orada qaynotam ham omonatlarini topshirdilar. Joylari jannatda bolsin, juda yaxshi inson edilar...

Shifoxonaga borganim togri bolibdi, MSKT 50% opkada ikki tomonlama pnevmoniya ekanligini korsatdi. Keyin saturatsiya 73 gacha tushib ketdi, kislorod konsentratorini ulab, ancha kotarib turishga imkon boldi. Lekin baribir eng asosiysi, kislorod bolsa ham, odam ozi koproq nafas mashqlari qilishi kerak ekan. Kislorod boshida opkani ozgina erka qilib ham qoyarkan.

Faqat kisloroddan nafas olib yotgan bilan ijobiy natija chiqishi qiyin boladi deyishdi, shunga imkon boricha nafas mashqlarini qilishga harakat qildim va albatta, foydasini sezdim. Boshida qiynalib yotal tutgan vaqtlari, majbur qaytadan kislorodga ulanib, saturatsiyani kotarib turdim, keyin sekin-sekin kislorodni kamaytirib, koproq nafas olishga harakat qildim.

Men 2 yilcha avval pnevmoniya bolgandim, shu ham salbiy tasir qildi. Ozi umuman davlat ishidagi tartibsiz rejim, asabbuzarliklar, kechgacha ishda bolish ham organizmni charchatib, bunday kasalliklarni ogirroq otishiga sabab bolarkan. Shuning uchun, imkon boricha ozingizni asranglar, pnevmoniyani menga oxshab oyoqda otkazmanglar.

Eng qiyini kasalxonada vaqtning sekin otishi boldi. Men kabi ishga organib qolgan odamga vaqtning bekor otayotganiga konikish juda qiyin bolarkan. Rahmat, oz ishiga masuliyatli va tashabbuskor yaxshi orinbosarlar va fidoiy xodimlarimiz bor. Internet orqali ham darrov vazifalarni tushunib, ishlarni sifatli tashkil qilishga harakat qilishdi. Afsuski, men bilan bir vaqtning ozida vazirlikdagi bir orinbosar va anchagina xodimlar ham bu virusni yuqtirib, ular ham davolanib chiqishdi.

Hozirda uyda reabilitatsiya davrini otamoqdaman, nasib qilsa yaqin orada ishga qaytaman.

Kasalxonada ekanman, 60 dan ortiq audiokitob eshitib qoydim. Farhod Ibragimovga rahmat, ancha oldin yaxshi Blinkist degan dasturni sovga qilgandi. Juda kop yaxshi kitoblarni qisqacha qilib aytib beradigan, ingliz tilini bilgan va vaqti ziq bolgan rahbarlar uchun juda foydali dastur ekan.

Imkoniyatingiz bolsa, audiokitoblar tinglang, bu esa vaqtdan unumli foydalanishga yordam beradi. Ozbek tilida audiokitoblar tinglamoqchi bolganlar www.kitob.uz portalidan bemalol foydalanishlari mumkin.

Kimgadir ushbu maslahatlarimning foydasi tegsa xursand bolaman, ozingiz va yaqinlaringizni asranglar!

Sherzod Shermatov, Xalq talimi vaziri

Davlat ishidagi tartibsiz rejim, asabbuzarliklar, kechgacha ishda bolish ham organizmni charchatib, bunday kasalliklarni ogirroq otishiga sabab bolishini alohida qayd etgan Sherzod Shermatov koronavirusga chalingan Ozbekistondagi birinchi amaldor emas. Hozirda Surxondaryo viloyati hokimi Tora Bobolov, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boyicha orinbosari Oktam Barnoyev, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi azosi Rustam Ikromovning sozlariga kora, ularning salomatligida tashvishli narsa yoq.

Milliy mass-mediani qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov, Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zoirov koronavirusdan sogayishga erishgan.

Qoraqalpogiston Joqorgi Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi orinbosari Musa Yerniyazov 72 yoshda, Qoraqalpogiston Respublikasi Qonlikol tumani hokimi Daulet Tolibayev 36 yoshda, Ozbekiston moliya vaziri orinbosari Yorqin Tursunov 55 yoshda kasallik asoratlari oqibatida vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-08-2020, 03:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -