» » Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov aholidan ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berishni so‘radi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov aholidan ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berishni so‘radi


Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida fuqarolarga murojaat qilib, O‘zbekistonda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikka taklif qildi.

“Prezidentimiz tomonidan Xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi hurmatini yuqori darajaga ko‘tarish, maktablarning holatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha juda katta vazifalar belgilab berildi, — deb yozdi yangi vazir. — Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maktab ta’limi sohasidagi mavjud muammolarning yechimlari bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalaringizni bildirishingizni so‘raymiz”.

Takliflarni yuborish uchun maxsus forma ilova qilingan link havola qilindi. Ta’kidlanishicha, takliflarni bemalol anonim ravishda ham yuborsa bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют