» » Abdulla Aripov: O‘qituvchi 4 soat qog‘oz to‘ldirgani uchun o‘z ustida ishlay olmayapti

Abdulla Aripov: O‘qituvchi 4 soat qog‘oz to‘ldirgani uchun o‘z ustida ishlay olmayapti


21-iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi xalq ta’limi tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova ham ishtirok etdi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari hamda boshqa vazirliklar rahbarlari qatnashgan yig‘ilishda xalq ta’limi tizimidagi muammolar sanab o‘tildi.

“O‘qituvchi bir kunda 2—3 soat dars bersa, 4 soat vaqtini qog‘oz to‘ldirishga sarflaydi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlay olmayapti. Axborot texnologiyalari rivojlangan davrda yashayapmiz. Sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish kerak”, — deydi Abdulla Aripov.

Shuningdek, Bosh vazir xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish uchun vazirlikka xorijning eng nufuzli universitetlarida tahsil olgan, yetakchi xorijiy tashkilotlarda uzoq yillar mehnat qilgan insonlar rahbar etib tayinlangani, ularning oldida katta vazifalar turganini qayd etdi.

“Hukumat, jamoatchilik vazirlikka har tomonlama yordam bermasa, ular o‘z oldilaridagi vazifalarni bajara olmaydi”, — deydi Abdulla Aripov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют