» » Vazirlar Mahkamasidagi yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri jiddiy ogohlantirildi

Vazirlar Mahkamasidagi yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri jiddiy ogohlantirildi


Avval ma’lum qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yig‘ilishda mahalliy hokimlik vakillari yonini olgani uchun Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov jiddiy ogohlantirildi.

“Siz mahalliy hokimlarga advokat bo‘lmang, o‘z xodimlaringizni himoya qiling. Agar mahalliy hokimlar bilan munosabatlaringiz buzilishidan qo‘rqsangiz, chora ko‘ramiz”, — dedi A.Aripov.

Yig‘ilishda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ham so‘zga chiqdi.

“Boshida yangi tizimga moslashish bizga qiyin kechdi. Endi hammasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Kattaqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisi bilan yuz bergan baxtsiz hodisada hech kim yozma topshiriq bermagan. Ammo biz buning tagiga yetdik. Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish borasida og‘zaki topshiriq berganini tan oldi. Biz unga nisbatan tegishli chora ko‘rdik”, — ta’kidladi Ulug‘bek Inoyatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют