» » Hindistonning afsonafiy sulolasi vakili Karishma Kapur yana kinoga qaytdi

Hindistonning afsonafiy sulolasi vakili Karishma Kapur yana kinoga qaytdi


Bir paytlar afsonaviy Kapurlar avlodining vakilasi Karishma Kapur ishni tashlab, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishga qaror qildi. O‘shanda bu qaror abadiymi yoki vaqtincha hali aniq emas edi. Ammo bir yil oldin “Devona qalb” filmi yulduzi qaytdi va yirik Bollivud olamidagi o‘z o‘rnini egalladi.

Albatta, o‘sha paytlarda Karishma ba’zan turli xil reklama roliklarida ekranlarga chiqib turar, moda tadbirlarini o‘tkazar va hattoki filmlarda ikkinchi darajali rollarni ham o‘ynar edi. Masalan, Shohrux Xonning 2018-yildagi “Nol” (“Zero”) filmida ham epizodik rol ijro etgandi.

Karishma aktyorlik o‘yinlarini velosipedda yurish va suzishga o‘xshatib, shunday deydi:

“Bu o‘yin mening bir qismimga aylandi. Bu  hech qachon ketmaydigan narsalardan biridir. Men qiziq bir narsani kutardim. Chunki farzandlarimning kichkinaligi sabab filmlarda suratga tusha olmasdim. Uyda bolalar bilan qolishni xohlardim”.

Karishmaning farzandlari Samayra va Kian onasining kinoga qaytganidan xursand.

“Ular yana ishlay boshlaganimdan xursand. Bu sohaga kirib kelganimda juda yosh edim. Oilamning barcha a’zolari aktyorlar edi, har bir Kapur bu sanoatga o‘z hissasini qo‘shdi. Men yetarlicha kuchli mehnat etikasi bilan ulg‘aydim, umid qilamanki, bu farzandlarimga ham o‘tgan”.

Shunday bo‘lsa-da, Karishma duch kelgan birinchi taklifni qabul qilmadi. Aktrisa nima uchun aynan AltBalaji’ning “Aqldan ozishdan himoya” serialini tanlaganligi bilan o‘rtoqlashdi:

“Bu kartina onalargagina xos bo‘lgan tuyg‘ular haqida. U qayerda bo‘lsa ‘qalbini to‘kadigan’ ona. Men juda ko‘p rollarni o‘ynab, shunday ajoyib karyera qilganimdan baxtiyorman. Lekin bu yangi narsa, boshqa platforma. Men har xil narsalarni sinab ko‘rishni yaxshi ko‘raman. Bu serial ona hayotidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiladi”.

Karishma onasi va singlisi Karina bilan.

View this post on Instagram

Happy birthday mom ?? we are missing spending ur birthday with you...

A post shared by KK (@therealkarismakapoor) on

Karishma uchun eng kuchli ayol va aktrisa bu uning onasi Babita:

“U Karina ikkalamizga kuch va madad berdi. Biz undan ko‘p narsani o‘rgandik. U bizga oilaga hurmat, pulni qadrlash, tinimsiz ishlash, samimiy va yaxshi inson bo‘lish kabi qadriyatlarni singdirdi. Bu esa haqiqatdan ham ahamiyatga ega narsalar, ular sizning shaxsingizni shakllantiradi”.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют