» » Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradigan tavsiyalar

Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradigan tavsiyalar


Inson har kuni muloqotga kirishadi, suhbatlashadi. Biroq suhbat hamisha ham ijobiy yakun topmasligi, ikkinchi shaxsda yaxshi taassurot qolmasligi mumkin. Munosabatlarning mustahkamligi uchun samimiyat va insoniylik tamoyillari muhim ekani aniq, lekin shunday jihatlar borki, ularga amal qilish istalgan insonda simpatiya uyg‘otish va aloqalarning kelajagi bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Suhbatdoshingizni ismini aytib chaqiring

Deyl Karnegi aytganidek, insonga uning ismi aytib chaqirilganidan yoqimli va muhim tovush bo‘lmaydi. Inson ismini aytib murojaat qilinishi va suhbat davomida qayta-qayta takrorlanishi, suhbatdoshda ishonch, simpatiya va boshqa ijtimoiy emotsiyalarni his qilishga sababchi bo‘lishi psixologik jihatdan isbotlangan. Suhbatdoshingiz bilan endi tanishgan bo‘lsangiz, ismini qayta so‘rashdan uyalmang, telefonda gaplashayotgan bo‘lsangiz, yoddan chiqmasligi uchun yozib oling. Siz muloqot qilayotgan inson har gal o‘z ismini eshitganida sergaklanadi va e’tiboringizdan kayfiyati ko‘tariladi. Ishoning, hech qaysi so‘z siz muloqot qilayotgan inson quloqlariga ismichalik yoqimli tuyulmaydi.

Xato qilishdan cho‘chimang

Atrofda hamma mukammallikka intilayotgan bir vaqtda siz boringizcha bo‘ling, ammo shu borligingizda madaniyat va hurmatni mujassam eting. Xato qilishdan qo‘rqmang. Kattadan ham, kichikdan ham nimadir o‘rganish mumkinligini inobatga olib, qarshingizdagi inson darhaqiqat haq bo‘lsa, xatoni tuzatishiga imkon bering. Sizning fikringiz bo‘lgani uchungina uni ma’qullab turmang. Samimiy munosabat va aloqalar qurilishi uchun ikki tomon bir-birini tushunishi va kamchiliklari bilan qabul qilishi, vaqti kelganda fikrini bildirib to‘g‘rilashi kerak.

Suhbatdoshingizni uchinchi shaxs nomidan maqtang

To‘satdan va behudaga maqtash laganbardorlik ekanini unutmagan holda, kerakli va darhaqiqat e’tirof etilishi kerak bo‘lgan vaziyatda suhbatdoshingizni maqtang. O‘zingiz nomingizdan maqtashga xijolat bo‘lsangiz, boshqa shaxs nomidan fikringizni ifodalang. Masalan, “Laziza Baxtiyorovna, do‘stim Farhod Dadabekov sizni shahrimizning eng yaxshi shifokori ekaningizni ta’kidlagani sabab ham sizning qabulingizga yozildim”. Laziza Baxtiyorovnaga sizning do‘stingiz kim yoki uning ismi nima ekanini ahamiyati ham qizig‘i yo‘q, lekin o‘zi haqidagi ushbu iliq fikrni nazaridan chetda qoldirmasligi aniq.

Suhbatdoshingiz bilan “bir kemada” bo‘lishga harakat qiling

Siz muloqot qilayotgan inson qo‘l harakatlari, imo-ishoralar bilan o‘lib-kuyib, jon kuydirib bir nimalarni tushuntirayotgan bir vaqtda sizning oyoqlaringizni chalishtirib, qo‘llaringizni qarsillatib esnab o‘tirishingiz endi boshlangan suhbatning uzoqqa bormasligining garovi. Avvalo, suhbat qanchalik muhimligini aniqlab, avvaldan shunga o‘zingizni tayyorlang va gaplashish davomida vaziyat hamda qarshingizdagi insonning o‘zini tutishidan kelib chiqib javob qaytaring.

Ko‘ylak yenglarini shimaring

Bu sizning kirishimli ekaningiz, xavotirga o‘rin yo‘qligi, suhbatdoshingizga ishonch bildirayotganingiz va undan yomonlik kutmayotganingizdan dalolat beradi.

Suhbatdoshni his eting

Tursa ham, o‘tirsa ham noliyveradigan kishilarni istisno qilgan holda shuni aytish mumkinki, insonlar hammaga ham dardini dasturxon qilavermaydi. Siz bilan bo‘lishyaptimi, demak sizni o‘ziga yaqin oladi. Buni qadrlang va qarshingizdagi inson tuyg‘ulari bilan o‘ynashmang. Muammolarini ma’lum qilsa, uni diqqat bilan tinglang, maslahat bering va hamdardlik bildiring. Samimiy munosabat istasangiz, shunchaki bildirmang, rostan ham tushunish va his qilishga urining.

Qarshingizdagi inson bilan manfaat uchungina munosabatda bo‘lmang

Aksariyat munosabatlar manfaat ustiga qurilgani uchun ham hayotingizda uchraydigan insonlar ko‘p, bir umrlilik qadrdonlar kam bo‘lishi mumkin. Masalan, rahbar qo‘l ostidagi ishchisiga pulini olyapti bajaradi-da, degandek munosabatda bo‘lishi, o‘sha ishchining ham faqat yuklatilgan vazifani bajarish bilan cheklanishi, yangiliklar kiritish haqida o‘ylab ham ko‘rmasligi, bu esa korxona yoki tashkilotning faoliyatida progress bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin. Qarshingizdagi insonga ?“Qoyil lekin, do‘ndirib tashlading faqat kichik bir kamchiling...”??, — deya xatolarini tushuntiring.

Kerak vaqtda ko‘mak olishdan tortinmang

Rostan ham ko‘makka muhtojlik sezayotgan bo‘lsangiz so‘rang, tortinmang. Siz ishonch bildirib yordam so‘ragan inson o‘zini alohida his qiladi, mas’uliyatni his qilib, ko‘makka oshiqadi. Faqat yordam berar ekan deb boshiga chiqib olmang, qo‘lingizdan keladigan ishni o‘zingiz mustaqil bajaring, darhaqiqat ehtiyoj sezganingizdan keyin murojaat qiling.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют