» » Amerikalik aktyor Uill Smit uchta old tishidan ayrildi (video)

Amerikalik aktyor Uill Smit uchta old tishidan ayrildi (video)


Taniqli reper Jeyson Derulo golf o‘ynayotgan vaqtda mashhur amerikalik aktyor va rejissor Uill Smitning birdaniga uchta old tishini sindirib qo‘ydi. Tishlaridan ayrilgan aktyor voqea tasvirga turshirilgan videoni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan.

Videolavhada Smit Deruloga golf o‘ynashni o‘rgatgani, ayniqsa, golf tayoqchasini qanday to‘g‘ri ushlash kerakligini ko‘rsatgani aks etgan. So‘ng Deruloning zarb bilan harakatlangan tayog‘i Smitning tishlarini sindirgan.

Derulo to‘satdan bo‘lgan voqeadan hayratlanib, biroz kameradan uzoqlashadi. Birozdan keyin do‘stining yoniga qaytgan Derulo ham golf tayoqchasi yordamida o‘z ulushini oladi. Smit do‘stining zarbasi natijasini namoyish etish uchun ham kameraga qarab jilmayishga o‘zida kuch topdi.

View this post on Instagram

And we never saw @jasonderulo again

A post shared by Will Smith (@willsmith) on

Ushbu lavha 11,3 million marta ko‘rildi. Muxlislar qoldirgan izoh 26,8 mingtani tashkil etdi. Kimdir Smitga hamdard bo‘ldi, yana kimdir video sahnalashtirilganini, sababi yulduzlarning yuzida hech qanday qon yo‘qligini aytgan.

Keyinchalik Uill Smit Derulo bilan kulgan holatda yonma-yon tushgan surat bilan bo‘lishdi. Surat 3,7 millionta layk yig‘di va unga 33 ming izoh qoldirildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют