» » Turmush qurib, ajrashish soni bo‘yicha “rekord o‘rnatgan” jahon yulduzlari (foto)

Turmush qurib, ajrashish soni bo‘yicha “rekord o‘rnatgan” jahon yulduzlari (foto)


Bir inson bilan bir umr baxtli hayot kechirish tushunchasi ayrimlar uchun begona hisoblanadi. Cosmopolitan nashri e’lon qilgan, kamida uch marta turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan mashhurlar, jufti bilan umrlarining oxirigacha birga bo‘lishga vada bergan ammo so‘zida turmagan.

Kim Kardashyan (3 marta turmush qurgan)

Kim Kardashyanning birinchi turmush o‘rtog‘i, musiqa prodyusseri Deymon Tomas bilan hayoti bir tekisda bo‘lmagan. Kaltaklanish, ortiqcha nazorat va talablardan charchagan Kim, 2004-yilda hammasiga nuqta qo‘ygan va oradan olti yil o‘tibgina 2010-yilda turmushida yuz bergan qiyinchiliklari bilan bo‘lishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, erining tahdidlari sabab politsiyaga qo‘ng‘iroq qilish tugul, yaqinlariga og‘iz juftlolmagan, hatto.

Basketbolchi Kris Xamfris bilan qurgan ikkinchi turmushi esa Vera Wang brendidan malikalarnikidek kelinlik libosi, ikki million dollarlik uzuk va yuzidan tabassum arimagan tashrif buyurgan mehmonlar bilan hammasi ertak singari boshlangan. Kim marosimni suratga olish huquqini E! telekanaliga bir yarim million dollarga sotgan. Biroq, baxtli onlarga 72 kun o‘tib yakun yasalgan. Kardashyanning murosa qila olmaganlikni sabab qilib ko‘rsatib, ajrashish uchun sudga bergani Xamfris uchun kutilmagan holat bo‘lgan va bir necha oy davomida rafiqasini qaytishga ko‘ndirishga harakat qilgan, ammo oxiri ko‘nishga majbur bo‘lgan. Ajrashganidan keyin nikoh uzugini qaytarib olgan Kris, uni auksionda 200 ming dollarga sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni damda Kardashyan reper Kanye Uestga turmushga chiqqan. Ular to‘rt farzandni tarbiyalab kelmoqda.

Xolli Berri (3 marta turmush qurgan)

Berri birinchi turmush o‘rtog‘i bilan 1992-yilda, basketbolchi Devid Jastis dastxat olish uchun uning oldiga kelganida tanishgan. Ilk uchrashuvdan keyin yarim yil uchrashib yurgan juftlik, munosabatlarini nikoh rishtalari bilan bog‘lashga qaror qiladi. Biroq, uch yil o‘tib ajrashadi.

Ikkinchi marta Xolli muxlisi emas kumiri Erik Benet bilan oila qurishga qaror qiladi, ammo ushbu turmish ham uzoqqa bormaydi va erining qo‘l ko‘targani sabab hammasiga nuqta qo‘yishga majbur bo‘ladi. 2005-yilda Erik bilan ajrashganiga ko‘p bo‘lmagan Xolli, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, hatto.

2016-yilda Berri, uchinchi turmush o‘rtog‘i aktyor farzandining otasi Olivye Martines bilan ajrashishga muvaffaq bo‘ladi. Aktrisaning Gebris Obridan bir qiz farzandi bor.

Jennifer Lopes (3 marta turmush qurgan)

2004-yilda Mark Entoni, Jey Loning uchinchi eri bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Xonandaning avvalgi ikki turmushi bir yildan uzoqqa bormagan va turmush o‘rtoqlari unga munosib bo‘lmagan: Oxani Noa ofitsant, Kris Jadd esa raqqos bo‘lgan.

Entoni va Lopes esa bir-biri uchun yaratilgandek go‘yo — mashhurlik, ijodkorlik va kelib chiqishi ham bir-biriga mos. Aslida juftlik 90-yillarning so‘ngida ham uchrashib yurgan, biroq keyinchalik ikkisi ham boshqa-boshqa yo‘ldan ketgan. “Keling raqsga tushamiz” filmi uchun birgalikda kuylangan saundtrek esa o‘rtalarida yana iliqlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

2008-yilda egizak farzandning ota-onasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan mashhurlar oradan uch yil o‘tib, ajrashishi haqida e’lon qiladi. Ayni vaqtda hech ham qarimaydigan Jennifer, sobiq sportchi Aleks Rodriges bilan munosabatda.

Tom Kruz (3 marta turmush qurgan)

Tom, aktrisa Mimi Rodjers bilan uch yil, Nikol Kidman bilan esa o‘n yildan ko‘proq birga yashagan.

2006-yilda Kruz, yosh aktrisa Keti Xolms bilan turmush quradi va qiz farzadli bo‘ladi. Shunga qaramasdan, juftlik 2012-yilda ajrashadi.

Alla Pugachyova (5 marta turmush qurgan)

Rus estradasi primadonnasi Alla Pugacheva, Filip Kirkorov bilan turmush qurayotgan vaqti, pasportidagi oilaviy ahvoli degan joyda muhr uchun joy qolmagan bo‘lgan. Xonanda ilk bor Mikolas Orbakas bilan turmush qurgan. 1971-yilda qizi Kristina Orbakayteni dunyoga keltirgan va shu yilning o‘zida ajrashishga ham ulgurgan.

Ikkinchi marta rejissor Aleksandr Stefanovich keyin bo‘lsa Yevgeniy Boldin bilan oila qurgan. Uchinchi marotaba ajrashganidan ko‘p o‘tmay, o‘zidan 18 yosh kichik Filip Kirkorovga turmushga chiqadi va turmush 2005-yilga qadar davom etadi.

Shundan keyin hozirgi turmush o‘rtog‘i Maksim Galkinga erga tegadi. Juftlikning bugungi kunda surrogat ona tomonidan dunyoga keltirilgan egizak farzandi bor.

Melani Griffit (4 marta turmush qurgan)

Aktrisa 1973-yilda “Xarrad tajribasi” filmining suratga olish maydonchasida Don Jonson bilan tanishadi, oradan uch yil o‘tib turmush quradi va uch yil yashab ajrashadi. Ular 1989-yilda qayta turmush quradi. Bunga qadar Melani aktyor Stiven Bauer bilan oila qurib ajrashishga ham ulgurgan.

Keyin bo‘lsa, o‘zidan uch yosh kichik Antonio Banderos bilan turmush quradi. Bir qizi va o‘g‘li bo‘lgan Griffit, mazkur turmushidan ham qiz farzandni dunyoga keltiradi.

2014-yilga kelib esa 56 yashar Melani va 53 yashar Antonio, 18 yil birga yashaganidan keyingina murosa qila olmaganliklarini tushunib yetadi va hammasiga nuqta qo‘yadi.

Jan Klod Van Dam (5 marta turmush qurgan)

Aktyor birinchi marta Mariya Rodriges bilan keyin bo‘lsa, Sintiya Derderiyan bilan turmush qurgan. Lekin, ikki farzandni dunyoga keltirgan Gledis Portuges, Van Dam hayotidagi asosiy ayol bo‘lgan.

Gledis, aktyor hayotidagi turli qiyinchiliklar: narkotik va spirtli ichimliklar bilan bog‘liq muammolarda yordam bergan.

Ammo 1994-yilda hammasiga yakun yasalgan va aktyor model Darsi La Pyerga uylangan. To‘rtinchi turmushidan ko‘ngli to‘lmagan Jan Klod, 1999-yilda Portugez bilan qayta oila qurgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют