» » Belarusda maxsus xizmatning sobiq xodimlari namoyishlarning bostirilishiga norozilik sifatida formalarini tashlab yubormoqda (video)

Belarusda maxsus xizmatning sobiq xodimlari namoyishlarning bostirilishiga norozilik sifatida formalarini tashlab yubormoqda (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus maxsus xizmat xodimlari chiqindi idishlarga o‘z formalari va ajratuvchi belgilarini tashlab, mamlakatda tinchlik namoyishchilariga nisbatan kuch ishlatilayotganiga shu orqali nozorilik bildirgani tasvirlangan videomurojaatlar tarqaldi.

“Men hozirda odamlarni urib, mayib qilayotgan qo‘shinlarda xizmat qilganimdan juda ham uyatdaman”, — deydi harbiylardan biri.

“Men o‘z xalqimni himoya qilish bo‘yicha qasam ichgan va hozirda sodir bo‘layotgan tartibsizliklardan uyalib ketyapman”, — deydi yana bir videomurojaat muallifi.

“Belarus birodarligi, Belarus ‘spetsnaz’i endi yo‘q”.

View this post on Instagram

#вч3214???????? #вч3214???????? #спецназ #беларусь???????? #беларусь2020 #belarus2020

A post shared by Artsiom Belinovich (@artembelinovich) on

“Qayerda xizmat qilganim bilan faxrlana olmayman, formani kiyish yoki uyda ham saqlay olmayman”.

View this post on Instagram

????Горжусь тобой мой родной Брат! . ????После ночи на баррикадах........ . ????После того что творится по всей стране..... . ????Эта власть теперь обречена! . ????Бойтесь черные твари! всех вас ждёт требунал и тюрьма, тупые вы уроды! . #строительство #деревяннаябаня #деревяннаябеседка #гаражиздерева #качеля #гараж #домиздерева #участок #загородныйдом #сотрудничество #люблюсвоюработу #домизбруса#сруб#домизсруба#строюсам#участок#котедж#ландшафт#дом#дома#стройка#мастер#плотник#столяр#сосна#кедр#сосновыйсруб#проектирование#ландшафт#бизнес#трансформатор#предприниматели

A post shared by Евгений Новицкий (@novitski_evgen) on

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz olgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют