» » Makiyaj yordamida ko‘zlarni kattalashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma (foto)

Makiyaj yordamida ko‘zlarni kattalashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma (foto)


Shahlo ko‘zlar va jozibali nigohlar barcha ayol-qizlarning orzusi. Cosmopolitan nashri tabiatan ko‘zlari kichik bo‘lgan nozik jins vakillari uchun makiyaj orqali qanday qilib ko‘zlarni kattaroq ko‘rsatish mumkinligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bo‘lishdi.

Moviy ko‘zlar uchun

Suratdagi modelning moviy ko‘zlarini kattaroq ko‘rinishi uchun vizajistlar, pushti va jigarrang tendan foydalangan. Ushbu tenlar och rang ko‘zlarni biroz yashil bo‘lib ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. Shuningdek, ulama kiprik bordek ko‘rsatadigan ikki qavat qilib surtilgan tush, ko‘zni yanada kattalashtirgan.

Yashil ko‘zlar uchun

Yashil ko‘zlarni kattalashtirish uchun kumush va tillarang tenlarni butun qovoqqa uyg‘un qilib surtish, nigohlar jozibadorligini oshirish uchun esa ichki qovoqqa och qaymoqrang kayak (ko‘z qalami) surtish tavsiya qilinadi.

Jigarrang ko‘zlar uchun

Jigarrang ko‘zlarni katta ko‘rinishi uchun yorqin bo‘lmagan yashil ten surtilib, kipriklar alohida-alohida qayrilib turishi uchun tushdan foydalanilgan.

Kulrang ko‘zlar uchun

Kulrang ko‘z egalariga shaftoli va och jigarrang ranglar yarashadi. Model ko‘zlariga urg‘u berish uchun shaftoli rang tendan asos sifatida foydalanib, tashqi qovoq burchagi jigarrang ten bilan bo‘yalgan. Yanada effektli ko‘rinishi uchun kiprik ildizidan tashqi tarafga yo‘naltirib tush surtilgan.

Och jigarrang ko‘zlar uchun

Makiyajdan avval ko‘zlar dumaloq va katta ko‘rinishi uchun kipriklar, kiprik qayirgich yordamida qayrilgan. Feruza rangli ten yordamida esa ko‘z rangiga urg‘u berilib, nigohlar yanada sirli ko‘rinishiga erishilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют