» » O‘zbekistonda ijodiy imtihoni testga almashtirilgan abituriyentlarga yana yo‘nalishlarni tanlash imkoniyati berildi

O‘zbekistonda ijodiy imtihoni testga almashtirilgan abituriyentlarga yana yo‘nalishlarni tanlash imkoniyati berildi


Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan abituriyentlarga muayyan ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan qo‘shimcha to‘rttagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini 2020-yil 16-avgustga (16-avgust kuni ham) qadar tanlash huquqi berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Oliy ta’lim vazirligi tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan birgalikda test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun operativ tarzda xabar yetkazadi, deyilgan xabarda.

2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionning 40 tasida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabul qilish jarayoni 2020-yilning 10-avgustidan boshlangan, oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib, 14 kun davom etadi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanadi.

Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan.

Avval abituriyentlarga har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 90 daqiqa vaqt ajratilishi (60 ta test topshirig‘iga jami 180 daqiqa beriladi) haqida xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют