» » Amerikalik bloger Tesla Cybertruck chindan ham o‘q o‘tkazmasligini sinab ko‘rdi (video)

Amerikalik bloger Tesla Cybertruck chindan ham o‘q o‘tkazmasligini sinab ko‘rdi (video)


Amerikalik YouTube bloger Bob Edvards pistolet hamda pichoq bilan o‘q o‘tmas Tesla Cybertruck kuzovining mustahkamligini sinab ko‘rishga qaror qildi. Bloger haqiqiy pikapni topa olmagani sabab, texnik jihatdan Cybertruck’da foydalaniladigan materialga o‘xshash metall parchasidan foydalangan.

2019-yili o‘tkazilgan Tesla Cybertruck taqdimotida Ilon Mask pikap kuzovi SpaceX raketalari tayyorlanadigan metalldan — sovuq prokatdagi 304 seriyali po‘latdan ishlanganini ma’lum qilgandi. Bob Edvards avtomobil topa olmagani sabab tajribada shu turdagi po‘latning 30x30 santimetrli bo‘lagidan foydalangan.

Testlar bir necha bosqichda o‘tkazilgan. Dastlab bloger metall plastinaga 9 millimetrli pistoletdan, shundan so‘ng, 7,62 kalibrli miltiqdan o‘q otgan, keyinroq esa, po‘latni pichoq va kalitlar bilan tirnashga uringan. Shuningdek, bolg‘a bilan ham plastina mustahkamligi tekshirilgan.

Testlar davomida metall juda mustahkam ekanligi va unga shikast yetkazish oson emasligi aniqlangan.

Avvalroq Ilon Mask pikapning noodatiy shaklini o‘ta mustahkam materialdan foydalanilgani bilan izohlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Cybertruck’dagi metallga shakl berish qiyinligi uchun u to‘g‘ri burchakli shakllarga ega.

Tesla Cybertruck modelining ilk seriyalari 2021-yil oxiri borib ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Elektropikapning minimal narxi 39 990 dollar.

Mavzuga doir: Ilon Mask Cybertruck pikapida yerosti tunneli bo‘ylab sayr qildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют