» » Qozog‘istonda 17-avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatiladi

Qozog‘istonda 17-avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatiladi


Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi 17-avgustdan boshlab Qozog‘istonda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich olib tashlash rejasini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri matbuot xizmatiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Qozog‘istonda karantin choralari amalda bo‘lgan davrda epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish va tibbiyot tizimi yuklamasini sezilarli darajada kamaytirishga erishilgan. Kunlik kasallanishlar sonining o‘sishini 4 foizdan 0,5 foizgacha qisqartirishga muvaffaq bo‘lingan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 76 foizga yetdi. Mavjud koyka-o‘rinlar bandligi 26 foizni tashkil qilmoqda.

Davlat komissiyasi viloyat hokimlarining takliflarini, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarning nuqtayi nazarini ko‘rib chiqib, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich olib tashlash rejasini tasdiqladi.

Qozog‘istonning barcha hududlarida 17-avgustdan boshlab quyidagi faoliyat turlari qayta tiklanadi:

Ish beruvchilar xodimlarning kamida 80 foizi uchun masofaviy ish shaklini saqlashi tavsiya etiladi.

17-avgustdan boshlab ochiq havoda individual va guruhli mashg‘ulotlarga (5 kishidan ko‘p bo‘lmagan) va terma jamoalar, klub jamoalari (30 kishidan ko‘p bo‘lmagan) uchun sport mashg‘ulotlariga ruxsat beriladi.

Shuningdek, 17-avgustdan boshlab jamoat transportida harakatlanishga ham ruxsat beriladi. Bunda oxirgi bekatlarda shamollatish va dezinfeksiya ishlari olib boriladi.

Shu bilan birga, quyidagi faoliyat turlari uchun taqiqlar saqlanib qoladi:

Epidemiologik vaziyatni yanada barqarorlashtirish uchun dam olish kunlari cheklov choralari ko‘riladi.

Bosh vazir Asqar Maminning ma’lum qilishicha, niqob taqish rejimi va ijtimoiy masofani saqlash har bir kishi uchun majburiy sanitariya talablari bo‘lib, fuqarolar hayotidagi odatiy holga aylanishi lozim. Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini ular to‘liq tayyor bo‘lgandan keyingina qayta boshlashi kerak.

Mavzuga doir: Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emas



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют