» » Qo‘qonda Shavkat Mirziyoyevga namoyish etilgan 3 ming dollarlik elektromobillarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

Qo‘qonda Shavkat Mirziyoyevga namoyish etilgan 3 ming dollarlik elektromobillarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda


Farg‘ona viloyatida joylashgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev “Shaffof omad sanoat” MChJ tomonidan bunyod etilayotgan elektromobillar zavodi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Kompaniya rahbari G‘ofurjon Usmonovning ta’kidlashicha, korxona karyer o‘rnida joylashgan. Dastlab yetti metrli xandaq to‘ldirilgan. Endi 30 ming metr kvadrat maydonda ishlab chiqarish inshootlari qurilmoqda.

Qayd etilishicha, erkin iqtisodiy zonada 40 dan ziyod korxona ishlab turgan bo‘lsa-da, hali qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida bugunga qadar umumiy qiymati 228,7 million dollar miqdoridagi 84 ta investitsion loyihalar joylashtirilgan.

Amalga oshirilgan 43 ta loyiha natijasida iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan 2020-yilning yanvar—iyul oylarida 830,7 milliard so‘mlik yoki 80,6 million dollar miqdorida mahsulot ishlab chiqarilib, 15,9 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Shaffof omadli sanoat” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishgandi va davlat rahbariga narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar namunalari namoyish etilgandi.

Mavzuga doir: Video: Ko‘rinishi Mercedes AMG’ga o‘xshaydigan Qo‘qon elektromobillari

Avvalroq Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda 2023-yildan boshlab Qo‘qonda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

Xonobodda (Andijon viloyati) ham elektromobil ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan. Innovatsion rivojlanish vazirligi esa Qozog‘iston bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarish rejalarini muhokama qilgandi.

Mavzuga doir: Elektromobillar davri: O‘zbekiston qanday bosqichda?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют