» » Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi bor ota-ona bo‘ladi

Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi bor ota-ona bo‘ladi


Hindistonning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur oilasiga yangi mehmon tashrif buyuradi. Karina ikkinchi farzandiga homilador. Juftlik ushbu yangilikni o‘z vakillari orqali yaqinlari va muxlislari bilan bo‘lishdi.

“Biz oilamiz kengayishi haqidagi yangilikni sizlar bilan baham ko‘rishdan xursandmiz. Yaxshi tilaklar va qo‘llab-quvvatlaganlarga tashakkur!”, – deydi juftlik.

Saif va Karina 2012-yil oktabrda turmush qurgan. 2016-yil ularning Taymur ismli o‘g‘li dunyoga kelgan. Tez orada 4 yashar Taymur akaga aylanadi. Qizig‘i shundaki, juftlik ushbu yangilikni Saif Ali Xonning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi Sara Ali Xonning tug‘ilgan kunida e’lon qildi.

Ayni paytda, Karina Kapur Xon “Laal Singx Chadda” loyihasida Amir Xon bilan ijro etayotgan bosh rolni yakunlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Film mashhur “Forrest Gramp” filmining hindcha talqini bo‘lib, 2021-yil Yangi yil arafasida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют