» » Qaynatilgan tuxumni iste’mol qilishning o‘ziga xos usullari

Qaynatilgan tuxumni iste’mol qilishning o‘ziga xos usullari


Iste’mol qilinayotgan oqsillar miqdoriga alohida e’tibor beradiganlar uchun qaynatilgan tuxumdan ham ko‘ra to‘yimliroq va foydaliroq yegulikni topish qiyin. Biz siz uchun qattiq qilib pishirilgan tuxumni yeyishning bir necha ajoyib usullarini to‘pladik.

Qaynatilgan tuxumni mazaliroq qilish uchun uni dasturxonga turli xil sabzavotlar bilan birga tortish eng oson usul hisoblanadi. Sabzavotlarni va qaynatilgan tuxumlarni oddiygina qilib kesib qo‘ying.

Bu usul oldingidan ham kamroq mehnat talab qiladi, lekin u o‘zingiz va oiladagilarga yoqadigan ziravorlar izlab topishni zimmangizga yuklaydi. Odatdagi xantal, mayonez, qizil qalampir va boshqa ziravorlarni ko‘rib o‘tirmasangiz ham bo‘ladi, chunki bularning deyarli hammasi har bir uyda bor. Karri, kurkuma, fermentlangan marinad yoki shunga o‘xshash ziravorlarni esa sotib olishga to‘g‘ri keladi.

Kunlik taomnomangizdagi navbatdagi qaynatilgan tuxum yeyish uchun noqulay ko‘rinayotgan bo‘lsa, uni qirg‘ichda maydalang va tayyor ovqat ustiga seping. Bu ovqatingizni yanada to‘yimliroq va foydaliroq qilishga yordam beradi.

Nonushta uchun tuxumni qovurish yoki quymoq qilishdan ham ko‘ra, qaynatish — bu haqiqatan ham ajoyib fikr, chunki bu usul uning nafaqat foydali sifatlarini oshiradi, balki jarayonni osonlashtiradi ham. Kesilgan tuxumlar, avokado va kepakli non bilan tost qiling.

Manba: “Yummy.com”

Опубликовано: admin (27-04-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют