» » “Bavariya” 8 ta gol urib, “Barselona”ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yubordi (video)

“Bavariya” 8 ta gol urib, “Barselona”ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yubordi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Barselona” va “Bavariya” jamoalari 14-avgust, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Lissabonda o‘tgan bahs gollarga boy bo‘ldi va nemislarning g‘alabasi bilan tugadi. Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq myunxenliklar Tomas Myullerning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Oradan uch daqiqa o‘tib David Alabaning avtogolidan so‘ng hisob tenglashdi.

Tanaffusga qadar “Bavariya” futbolchilari yana uchta gol urishga erishdi. 21-daqiqada Ivan Perishich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 27-daqiqada Serj Gnabri jamoasining uchinchi golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Myuller dublini nishonladi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Luis Suares hisobni qisqartirdi, biroq katalon buning ortidan yana to‘rtta golni qabul qilib oldi. 63-daqiqada himoyachidagi xatodan keyin Yozua Kimmix gol urgan bo‘lsa, 82-daqiqada Robert Levandovski darvozani ishg‘ol qildi. Bahs yakunlanishi arafasida Filippe Koutinyo ikkita gol urgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:8!

Shu tariqa Xans-Diter Flik jamoasi muosobaqa yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda “Lion” — “Manechster Siti” uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

YChL

Chorak final bahsi

14-avgust, juma

Gollar: 0:1 – 4 Myuller, 1:1 – 7, avtogol Alaba, 1:2 – 21 Perishich, 1:3 – 27 Gnabri, 1:4 – 31 Myuller, 2:4 – 57 Suares, 2:5 – 63 Kimmix, 2:6 – 82 Levandovski, 2:7 – 85 Koutinyo, 2:8 – 89 Koutinyo.

“Barselona”: ter Shtegen, Langle, Alba, Pike, Serxi Roberto (Grizmann, 46), de Yong, Buskets (Fati, 70), Vidal, Semedu, Suares, Messi.

“Bavariya”: Noyer, Alaba, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Gnabri (Koutinyo, 75), Devis (Lyuka Ernandes, 84), Alkantara, Perishich (Koman, 67), Goretska (Tolisso, 84), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Boateng (42), Devis (52), Suares (54), Alba (59), Kimmix (85), Vidal (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют