» » Tojikistonning aholisini 2023-yilga borib 10 million kishidan oshishi prognoz qilindi

Tojikistonning aholisini 2023-yilga borib 10 million kishidan oshishi prognoz qilindi


Tojikiston aholisi 2023-yilga kelib 10 million 129 ming kishini tashkil qiladi. Bu haqda 2020-yilning iyul oyi oxirida respublika hukumati tomonidan tasdiqlangan 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozida ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda Asia-Plus.

Ta’kidlanishicha, 2020-yil boshida respublikada 9 million 452 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi aniqlangan. Kelgusi yil boshiga kelib mamlakatning doimiy aholisi soni 9 million 688 ming kishiga yetishi va aholining o‘sishi 2,5 foizni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, respublikada 2022-yilga kelib 9 million 931 ming kishi, 2023-yilga kelib esa 10 million 129 ming kishi istiqomat qiladi. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, 2019-yili 2018-yilga nisbatan aholining o‘sishi 2,2 foizni tashkil etgan.

Mamlakatda eng ko‘p fuqaro Xatlon viloyatida istiqomat qiladi. Viloyatda 3 328 000 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют