» » O‘zbekiston aholisi soni 33 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi soni 33 million kishidan oshdi


O‘zbekiston doimiy aholisi soni 2018-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 33,085 million kishini tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, aholi soni yil boshiga nisbatan 428,5 min kishiga yoki 1,3 foizga o‘sgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,728 million kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 16,357 million kishini (49,4 foiz) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3,777 million kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni) va Farg‘ona viloyatida 3,665 million kishini (11,1 foiz), aksincha, eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 825,8 ming kishini (2,5 foiz) va Navoiy viloyatida 969,7 ming kishini (2,9 foiz) tashkil etdi.

Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2017-yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,2 foizni, Samarqand viloyatida 2,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 2,0 foizni, Jizzax va Namangan viloyatlarida 1,9 foizni va Toshkent shahrida 1,8 foizni, aksincha, eng kam o‘sish sur’ati Toshkent viloyatida 1,2 foizni, Qoraqalpog‘istonda 1,4 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют