» » O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 32,65 mln kishini tashkil etdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 32,65 mln kishini tashkil etdi


2018-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 32,65 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tgan yil davomida aholi soni 533,4 ming kishi yoki 1,7 foizga ko‘paydi.

Jumladan, shahar aholisi soni 16,53 million (umumiy aholining 50,6 foizi), qishloq aholisi 16,12 million (49,4 foiz) kishini tashkil etdi. 

Mintaqalar kesimida aholining eng katta soni Samarqand (3,72 million kishi yoki respublika aholisining 11,4 foizi), Farg‘ona (3,62 million kishi yoki 11,1 foiz), Qashqadaryo (3,148 million yoki 9,6 foiz) va Andijon (3,011 million yoki 9,2 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Shu tariqa, joriy yil 1-yanvar holatiga mamlakatning 4 ta viloyatida doimiy aholi soni 3 million kishidan oshdi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют