» » Apple va Google o‘z do‘konlaridan Fortnite o‘yinini o‘chirib tashladi

Apple va Google o‘z do‘konlaridan Fortnite o‘yinini o‘chirib tashladi


AppStore va Google Play’dan Fortnite nomli mashhur o‘yin yo‘qolib qoldi — endi uni yuklab olib bo‘lmaydi. O‘yin dasturchilari o‘zlarining to‘lov tizimini joriy etishga uringan, biroq bu do‘konlar qoidasiga to‘g‘ri kelmaydi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Barchasi Apple va Fortnite o‘yini yaratuvchisi Epic Games kompaniyasi o‘rtasidagi mojaro sabab yuzaga kelgan. 13-avgust kuni dasturchilar o‘yinga ikkita to‘lov variantini qo‘shgan — komissiyali Apple Pay yoki komissiyasiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yaratuvchilarga to‘lov.

Shunday qilib Epic Games Apple cheklovini aylanib o‘tishga uringan, o‘rnatilgan obuna va qo‘shimcha xaridlarni amalga oshiruvchi dasturlarni ishlab chiquvchilarga ularning to‘lov tizimini chetlab o‘tadigan operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlangan. Buning uchun Fortnite ikkita to‘lov punktini qo‘shgan — masalan, Apple orqali 9,99 dollar yoki komissiyasiz 7,99 dollar to‘lash.

Apple kompaniyasi AppStore’dagi barcha ilovalardan 30 foiz komissiya oladi. Kimdir ilova ichidagi to‘lovlarni olib tashlashga urinsa, u darhol do‘kondan o‘chiriladi — Fortnite bilan ham xuddi shu holat sodir bo‘lgan. O‘yin 13-avgust kuni kechasi o‘chirib tashlangan.

Bunga javoban Epic Games zudlik bilan Apple’ni sudga berib, uni monopollikda ayblagan. Dasturchilar e’tiborini tortish maqsadida Apple’ning eski reklamasiga Jorj Oruellning “1984” asari asosida ishlangan parodiyani e’lon qilgan. Shuningdek, kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda #freefortnite xeshtegini ishga tushirgan.

Epic Games shaxsiy to‘lov tizimini nafaqat AppStore’ga, balki Google Play’ga ham qo‘shgan. Ikkinchi kompaniya mazkur yangilikka Apple’dan besh soat o‘tib chora ko‘rgan — o‘yin Android-smartfonlar do‘konidan ham o‘chirib tashlangan. Bunga javoban Epic Games Google’ni ham sudga bermoqda. Ayblov ham xuddi oldingidek — o‘z platformasidagi monopollik.

Hozircha auditoriyasining katta qismini yo‘qotgan Epic Games qanday yo‘l tutishi noma’lum. Kompaniya sudni kutadimi yoki Apple va Google bilan kelishib olishni boshlaydimi? Kompaniya ushbu mojaroni dasturchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokama qilishga tayyor ekanligini, biroq ular uchun o‘ziga xos sharoit yaratishga tayyor emasligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют