» » Xiaomi geymerlar uchun hamyonbop Redmi G noutbugini taqdim etdi

Xiaomi geymerlar uchun hamyonbop Redmi G noutbugini taqdim etdi


Xitoyning Xiaomi kompaniyasi geymerlar uchun Redmi G nomli noutbugini taqdim etdi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Redmi G’ning o‘ziga xosligi — Full HD sifat va yangilanish chastotasi 144 gertsga teng 166 dyuymli displeyida. Ushbu ko‘rsatkich ekrandagi tasvir soniyasiga qancha yangilanishini ko‘rsatadi — gertslar sonining ko‘pligi tasvir tiniqligini bildiradi. Shuningdek, noutbukning 60 gertsli ekranga ega versiyasi ham taqdim etilgan.

Barcha modifikatsiyalardagi ekranlar yorug‘ligi 300 nitni tashkil etadi, sRGB rangli makonning qoplanishi 100 foiz ta’minlangan va tasvirni ko‘rsatish burchagi 178 darajaga teng.

Noutbuk ortiqcha yorqin qurilmalarsiz, minimalistik dizaynli alyuminiy korpusga ega bo‘lgan, faqat klaviaturada yoritish tizimi mavjud. Qurilma ichidan 55 Vt/soatli akkumulyator o‘rin olgan bo‘lib, uning quvvati 5,5 soat ishlashga yetadi.

Redmi G’ning turli protsessor va videokartalarga ega bir nechta modifikatsiyasi mavjud — bazaviy versiyasiga Intel Core i5-10200H pastvoltajli protsessori hamda NVIDIA GTX 1650 o‘rnatilgan. Qimmatroq modellaridan esa Core i5-10300H yoki i7-10750H va GTX 1650 Ti videokartasi o‘rin olgan. Barcha versiyalarda tezkor xotira 16 gigabaytni, ichki xotira esa 512 gigabaytni tashkil etadi.

60 gerts ekran, Core i5-10200H va GTX 1650 versiyali noutbuk narxi 728 dollarni tashkil etadi. Xuddi shu kabi noutbuk, biroq ekrani 144 gerts bo‘lgan versiyasining narxi 777 dollarga teng. Hozirda savdolar faqat Xitoyda boshlangan bo‘lib, kompaniya boshqa davlatlarda ham o‘z noutbugini sotishni yo‘lga qo‘yish yoki qo‘ymasligi noma’lum.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют