» » JSST koronavirusning oziq-ovqat orqali yuqishi to‘g‘risida ma’lumot berdi

JSST koronavirusning oziq-ovqat orqali yuqishi to‘g‘risida ma’lumot berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari orqali tarqalishini isbotlovchi dalillar yo‘qligini ma’lum qildi, deb xabar beradi CNBC.

JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayanning ma’lum qilishicha, Xitoydagi tadqiqotchilar ushbu masalani hali o‘rganib chiqmoqda, xalqaro agentlik esa ularning xulosalarini kuzatyapti.

“Odamlar yeguliklardan, oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlari, ularni qayta ishlash yoki yetkazib berishdan qo‘rqmasliklari kerak. Va biz oziq-ovqat bilan yoki uni uzatishga bog‘liq muammo bor degan taassurot paydo qilishni istamagan bo‘lardik. Shundoq ham barcha kuchli bosimni his qilmoqda”, — deydi u.

NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi uchta shahar so‘nggi to‘rt kun ichida muzlatilgan import mahsulotlari yuzasidan koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Bu virus oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishi mumkinligi va qaytadan infeksiya tarqalishini yuzaga keltirishi xavfini paydo qilgan.

JSSTning qayd etishicha, Xitoy sog‘liqni saqlash organlari muzlatilgan mahsulotlarning “bir necha yuz ming” namunasini tekshirib chiqqan va testlarning juda kam qismi ijobiy natija bergan. Mamlakat hukumati BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar qanday ishlashlari lozimligi borasida xavfsizlik qo‘llanmasini chiqargan.

JSST vakillarining ta’kidlashicha, agar virus rostdan ham yegulik orqali tarqalsa, uni organizmga kirguniga qadar “o‘ldirish” mumkin.

“Agarda virus rostdan ham oziq-ovqatda bo‘lsa, taom tayyorlash vaqtida uni o‘ldirish mumkin. Masalan, go‘shtni yuqori haroratda tayyorlash vaqtida”, — deydi epidemiolog Mariya Van Kerkxove.

Aprel oyida Britaniya hukumati koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari va ularning qadoqlari orqali yuqish xavfi haqida ma’lumot bergan edi.

Mavzuga doir: Supermarketdan sotib olingan mahsulotlarni dezinfeksiya qilish kerakmi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют