» » Fevral oyida O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 2 foizga qimmatlashdi

Fevral oyida O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 2 foizga qimmatlashdi


Oy davomida mahsulotlar narxi 1,8 foizga qimmatlashdi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,0 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foiz, xizmatlar narxi esa 0,8 foizga oshdi, deb yozadi O‘zA.

Davlat statistika qo‘mitasi e’lon qilgan 2019-yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotda ushbu raqamlar qayd etildi.

Oy davomida narxlarning o‘sishi borasidagi uchlik:

• Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning o‘sishi borasidagi yetakchilik meva-sabzavot mahsulotlariga tegishli – 4,0%ga qimmatlashgan;

• ikkinchi o‘rinda umumiy ovqatlanish muassasalari – 3,3 foiz;

• uchlikning so‘nggi pog‘onasida sut mahsulotlari – 3,2 foizga qimmatlashgan.

Go‘sht mahsulotlari orasida kolbasa va dudlangan go‘sht narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan, parranda go‘shti mahsulotlari esa aksincha, biroz arzonlashgan.

Shakar, choy, qandolat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o‘rtacha 1,7 foizga oshgan.

Non mahsulotlari guruhi:

• yorma va dukkakli, makaron mahsulotlari – 2,4 foiz;

• mosh 2,3 foiz;

• guruch 1,9 foiz;

• tandir non 0,5 foiz,

• bug‘doy uni 0,4 foizga qimmatlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют