» » O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari arzonlashdi

O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari arzonlashdi


Davlat statistika qo‘mitasi e’lon qilgan 2019-yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotda mamlakatda nooziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foizga qimmatlashgani qayd etilgan, deb yozadi O‘zA.

Narxlari qimmatlashgan nooziq-ovqat mahsulotlari:

• Aloqa vositalari – 9,5 foiz;

• madaniy mollar – 5,9 foiz;

• asosiy turdagi maishiy tovarlar va elektr uskunalar – 5,8 foiz;

• yuvish va tozalash vositalari – 5,7 foiz;

• avtomobillar uchun ehtiyot qismlar – 2,9 foiz;

• oshxona jihozlari – 2,2 foiz;

• maishiy to‘qimachilik mahsulotlari – 2,1 foiz;

• kiyim-kechaklar –1,4 foiz;

• oyoq kiyim – 1,0 foiz.

Oy davomida avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari o‘rta hisobda 0,1 foizga arzonlashdi. Benzin va metan narxlarning barqaror saqlanishi barobarida propan narxlari 1,0 foizga arzonlashdi.

Oy davomida yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari o‘rtacha 0,2 foizga oshgan.

2019-yilning yanvar-fevral oylari davomida dam olish xizmatlari (6,1 foiz), 2018-yilning fevral oyiga nisbatan esa uy-joy kommunal sohasi xizmatlari (24,9 foiz) narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют