» » Namanganda mast akasi bilan tortishgan uka uning qo‘lini belkurakda chopib tashladi

Namanganda mast akasi bilan tortishgan uka uning qo‘lini belkurakda chopib tashladi


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida mast akasi bilan tortishgan uka uning qo‘lini belkurakda chopib tashladi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Voqea 2020-yilning 26-iyul soat 20:00 atrofida Nanay qishlog‘idagi “Do‘stlik” mahallasida ro‘y berdi. Shu kuni ota uyiga mast holda kirib kelgan akasini ko‘rgan uka unga tanbeh beradi, o‘rtadagi dahanaki mojaro janjalga aylanadi.

Uka jahlini jilovlay olmay, uyidan pichoq olib chiqib, akasining qorin va bosh qismlariga jarohat yetkazadi, bu ham kamlik qilgandek, temir belkurak bilan tashlanadi. Aka o‘zini himoya qilmoqchi bo‘lgan vaqtda esa belkurak bilan uning qo‘lini bilak qismidan chopib tashlaydi.

So‘ng jinoyatni yashirishga urinib, kesilgan qo‘lni qora yelim paketga soladi va uyining hojatxonasiga tashlab yuboradi. Oila a’zolari voqeadan xabar topgach tez yordam chaqirilib, jabrlanuvchi shifoxonaga yotqiziladi.

Shifokorlarning xulosasida jabrlanuvchi mehnat qobiliyatining 60 foizini turg‘un yo‘qotilishiga olib keladigan og‘ir tan jarohati olganligi ma’lum qilingan. Mutaxassislarning tekshiruv natijalariga ko‘ra, ayblanuvchi hodisa vaqtida va undan keyin ham ruhan sog‘lom holatda bo‘lgan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi Dostonbek Erkinjonovga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir: Namanganda kelinini urgan qaynotaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют