» » UFC 252. Miochich Kormyeni taslim qildi, O’Melli esa kutilmaganda nokautga uchradi

UFC 252. Miochich Kormyeni taslim qildi, O’Melli esa kutilmaganda nokautga uchradi


UFC promousheni Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida Las-Vegasda (AQSh, Nevada shtati) UFC 252 musobaqasini o‘tkazdi.

Musobaqaning asosiy jangi og‘ir vazn chempioni Stipe Miochich (20-3) va ikki divizion sobiq chempioni Daniel Kormye (22-3) o‘rtasida kechdi. Bu ikki yakkakurashchi ishtirokidagi o‘zaro uchinchi jang hisoblanadi. 2018-yilda Kormye 1-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir yil keyingi revansh jangida Miochichning qo‘li baland kelgan. Uchinchi jang to‘liq davom etdi va unda hakamlar bir ovozdan Stipening g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Miochich chempionlik kamarini himoya qildi.

Musobaqaning yana bir asosiy janglaridan birida Shon O’Melli esa kutilmaganda Marlon Veraga 1-raunndayoq nokaut evaziga yutqazib qo‘ydi. Bu uning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Qayd etish joiz, asosiy karddan o‘rin olgan beshta jangdan uchtasi nokaut bilan yakuniga yetdi. Barcha janglar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin ? HAVOLA.

Asosiy kard jangi natijalari:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют