» » Junior dos Santos UFC 252 musobaqasida Jairzinyo Rozenstrayk bilan jang qiladi

Junior dos Santos UFC 252 musobaqasida Jairzinyo Rozenstrayk bilan jang qiladi


Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Junior dos Santos o‘zining navbatdagi jangini 15-avgust kuni UFC 252 musobaqasida o‘tkazadi. Unga Jairzinyo Rozenstrayk raqiblik qiladi, deya xabar beradi MMA Fighting.

Ta’kidlash joizki, Junior dos Santos uchun ushbu jang 2020-yildagi ikkinchisi bo‘ladi. U yanvar oyida Kyortis Bleydsga muddatidan oldin imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Braziliyalik sportchi so‘nggi ikki jangida mag‘lub bo‘lgan. Bleydsga yutqazishdan oldin uni Frensis Ngannu nokautga uchratgandi.

32 yoshli surinamlik Rozenstrayk ham 2020-yilda jang o‘tkazishga ulgurgan. U may oyida Frensis Ngannuga yutqazib qo‘ydi. Jairzinyo uchun bu faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 252 turnirining o‘tkazilish joyi hali aniqlanmagan. Ammo musobaqaning asosiy voqeasi Stipe Miochich va Daniel Kormye o‘rtasidagi titul jangi bo‘lishi ma’lum qilingan.

Santos faoliyati davomida 28 ta o‘tkazib, shulardan 21 tasida g‘alaba qozongan, qolgan 7 tasida esa mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan. Jairzinyoning hisobida 11 ta jangda 10 ta g‘alaba va 1 ta omadsizlik bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют