» » Aleksandr Volkanovski va Maks Hollouey o‘rtasidagi revansh jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Aleksandr Volkanovski va Maks Hollouey o‘rtasidagi revansh jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi


Yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski va ushbu promoushenda sobiq chempion Maks Hollouey o‘rtasidagi revansh jangi UFC 251 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.

Jang 11-iyul kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi. Aslida ushbu jang 6-iyun sanasida Avstraliyada bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan. Tomonlarning UFC 245 da (2019-yil dekabr) bo‘lib o‘tgan dastlabki bellashuvida Volkanovski hakamlarning qaroriga binoan Holloueydan ustun kelgandi.

31 yoshli Volkanovskining hisobida 22 ta jang, 21 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bo‘lsa, 28 yoshli Hollouey umumiy hisobda 26 jang o‘tkazib, shulardan 21 tasida g‘alaba qozongan va 5 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют